“Men lavozimda bölgan davrimda The Post’ning barqaror kelajagini ta’minlaşga qaratilgan qiyin qarorlar qabul qilindi — u yana köp yillar davomida har kuni millionlab öquvçilar uçun yuqori sifatli, xolis yangiliklarni e’lon qila olişi uçun”, — dedi Vayzer.
Uilyam Lyuis ilgari Dow Jones’ning boş direktori, The Wall Street Journal’ning naşr etuvçisi bölgan, u WP'dagi lavozimga 2023 yilda, naşr katta moliyaviy yöqotişlar körayotgan bir paytda tayinlangan edi. U taxminan ön yilça naşr etuvçi va boş direktor bölib işlagan Fred Rayanning örnini egallagan.
WP xabar qilişiça, milliarder Jyeff Bezosga tegişli gazeta moliyaviy direktori Jyeff D’Onofrio vaqtinça boş direktor vazifasini bajaradi. D’Onofrio 2025 yil iyun oyida Google, Yahoo va boşqa kompaniyalarda turli lavozimlarda işlagandan söng gazetada iş boşlagan.
Bundan oldin The Washington Post öz xodimlarining taxminan 30 foizini işdan böşatgan. Bezos gazeta egasi bölgan dastlabki sakkiz yil davomida biznes kengaygan, ammo sönggi paytlarda holat unçalik yaxşi emas.
Xorijiy muxbirlarning butun bir qismi, jumladan Ukraina va Yaqin Şarqda işlagan jurnalistlar ham işdan böşatildi. Sport bölimi hamda kitoblar va kitob naşri haqidagi rukn töliq bekor qilindi.
Gazetaning boş muharriri Mett Myurreyning aytişiça, naşr “boşqa bir davrga haddan taşqari boğlanib qolgan — öşa paytlarda biz mahalliy bosma OAV sifatida ustun edik”. Uning sözlariga köra, generativ sun’iy intellektning ösişi ta’siri ham bölgan holda, onlayn-qidiruvdan keladigan trafik sönggi uç yilda deyarli ikki baravarga kamaygan.
2024 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida Lyuis Bezosning yangi siyosatini e’lon qilgan edi: unga köra, WP tahririyat kengaşi prezidentlikka nomzodlarni qöllab-quvvatlaş amaliyotini töxtatdi. Natijada naşr Demokratik partiya nomzodi Kamala Harrisni qöllab-quvvatlamadi. Buning javoban yuz minglab öquvçilar obunalarini bekor qilgan.








