Buxoro viloyat bojxona boşqarmasining kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda Vobkent tumanida tezkor tadbir ötkazişdi.

Oldindan kuzatuvga olingan şaxsning yaşaş xonadoni közdan keçirilganida har biri 2 000 sömlik jami 1 516 dona qalbaki banknota va bir dona rangli printer aniqlandi.

Qalbaki banknotalarning umumiy nominal qiymati 3 million 32 ming sömni taşkil etadi.

Şuningdek, xonadonni közdan keçiriş jarayonida oğirligi 284,71 gramm marixuanaga öxşaş modda hamda parvarişlab kelingan 7 tup kannabis ösimligi ham topildi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.