2026 yil boşidan buyon quyoş va şamol elektr stansiyalari tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kWh’ga yetdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi axborot xizmati.
“13 fevral soat 12:30 holatiga köra, Özbekistondagi quyoş va şamol elektr stansiyalari tomonidan 2026 yil boşidan beri işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kWh’ni taşkil qildi. Aytiş joizki, bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5582 MW bölgan 15 ta quyoş fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta şamol elektr stansiyasi “yaşil” energiya işlab çiqaryapti”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilişiça, Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan keng foydalanila boşlangan 2022 yili Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyoş fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kWh, 2023 yilda esa 576,9 mln kWh elektr energiyasi işlab çiqarilgan.
2024 yil 9 ta quyoş va 1 ta şamol elektr stansiyasi tomonidan işlab çiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kWh bölgan bölsa, 2025 yilda barça quyoş va şamol elektr stansiyalari tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10,5 mlrd kWh’ga yetgan.
2026 yil boşidan 13 fevral kuni soat 12:30 holatiga qadar quyoş fotoelektr stansiyalari tomonidan 396 mln kWh, şamol elektr stansiyalari tomonidan esa 604 mln kWh, jami 1 mlrd kWh elektr energiyasi işlab çiqarilgan va bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga köp.







