Toşkentda hamkasbiga şilqimlik qilgan bank xodimi ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.
Sud hujjatiga köra, Namangan viloyati Çortoq tumanida mahalla bankiri vazifasida işlovçi 25 yoşli U.O. hamkasbi M.I. bilan birgalikda musobaqada iştirok etiş uçun Toşkent şahriga yuborilgan. 2025 yil 18 dekabrdan 19 dekabrga ötar keçasi U.O. mehmonxonada ovqatlanib oliş bahonasida hamkasbining xonasiga kirgan. Söngra unga şahvoniy şilqimlik qilgan.
Erkak sudda aybiga iqrorlik bildirgan va hamkasbi ovqat keltirib berişni söragani uçun unga lavaş olib, xonasiga kirganini aytgan.
“Uning xonasiga birga ovqatlaniş uçun kirdim. Tortişib qoldik. Ovqat olib kelib berişimni söragani sababli unga lavaş keltirgandim. Keyin u bilan bölib ötadigan musobaqaga tayyorgarlik körmoqçi böldik. Quçoqlaş maqsadida unga qöl uzatdim, biroq u qarşilik körsatdi”, degan erkak sudda.
M.I. esa hamkasbi uni yostiq bilan böğganini aytgan.
“Mehmonxonada öz xonamda ötirganimda kirib, birga ovqatlanişni taklif qildi. Men rozi bölmasam ham u xonamda ovqatlanib çiqib ketişini aytdi. Keyin oradan bir oz vaqt ötib, menga tegajoğlik qildi va jinsiy aloqada bölişni taklif etdi. Şunda men bu işni qilganimdan ölganim yaxşi, dedim. Unda ölasan, deya meni yotqizib, yostiq bilan böğdi. Şunda men baqirib qarşilik körsatdim va xonadan çiqib ketmoqçi böldim. U xonadan çiqişimga qöymadi”, degan ayol.
Şilqim erkak suddan yengillik berişni, ayol esa unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
JIB Çilonzor tuman sudining 2026 yil 18 fevraldagi qarori bilan U.O. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq Xorazmda tadbirkor undan iş sörab kelgan talaba qizga şilqimlik qilgandi.







