Data Center Map ma’lumotlariga asoslangan va mamlakatlar böyiça amal qilayotgan obektlarni hisobga olgan sönggi ma’lumotlarga köra, AQŞda 3960 ta data-markaz mavjud — bu körsatkiç keyingi 14 ta davlatga teng yoki undan ham köp.
Bunday ustunlik yetakçi bulutli xizmat körsatuvçilar va texnologik kompaniyalarning yirik sarmoyalari bilan izohlanadi. Köp yillik investitsiyalar natijasida jahondagi bulutli quvvatlar va sun’iy intellekt infratuzilmasining katta qismi aynan AQŞda jamlangan.
Ayrim soha baholaşlariga köra, Amerikadagi data-markazlar umumiy soni 5000 tadan ham oşadi — farqlar bunday obektlarni ta’riflaş va hisoblaş uslublaridagi tafovutlar bilan boğliq.

Yevropa mamlakatlari ham data-markazlar konsentratsiyasi böyiça jahonda muhim örinlarni egallaydi. Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya har biri yuzlab obektlarga ega. Bu davlatlar internet almaşinuvining muhim tugunlari va xalqaro bulutli hamda IT xizmatlarini joylaştiriş markazlari hisoblanadi. Niderlandiya, Ispaniya va Şvetsiya ham data-markaz infratuzilmasi rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.
Osiyo mintaqasi esa tez sur’atlarda ösmoqda — bu yerda Xitoy, Yaponiya va Hindiston yetakçilik qilmoqda. Raqamli xizmatlarga talabning ösişi va bulut texnologiyalarining faol joriy etilişi yirik Osiyo bozorlarida infratuzilmaning yanada kengayişiga turtki bermoqda.
Röyxatga rivojlanayotgan iqtisodiyotlar ham kiritilgan — Indoneziya, Malayziya va Janubiy Koreya. Şu bilan birga, nisbatan kiçik hududlar — Singapur va Hongkong qulay geografik joylaşuv, yuqori darajadagi aloqa imkoniyatlari va biznes uçun maqbul muhit tufayli kutilgandan ham yuqori natijalarni namoyon etmoqda.









