Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida hovli supuruvçi köpqavatli uyning 7-qavatidan tuşib ketgan bolani havoda tutib, uning hayotini saqlab qoldi.

Xabar qilinişiça, oçiq deraza tokçasida ötirib planşet öynayotgan bola sirpanib ketgan, lekin karnizga osilib qolgan. Pastda hovli tozalayotgan farroş erkak buni körib qolib darhol yordamga şoşilgan. Bola karnizda biroz osilib turgaç, pastga qulagan. Erkak uni havoda tutib olgan.

Bolaning onasi bu vaqtda oşxonada bölgan. Onaning aytişiça, öğli autizm kasalligiga çalingan.

Oxirgi ma’lumotlarga köra, bola şifoxonaga yotqizilgan. Uning oyoği va içki organlari şikastlangan. Bola hayotini saqlab qolgan farroşning esa qöllari va qovurğasi singan.

Xabarda aytilişiça, erkak özbekistonlik bölib, 36 yoşda. U Sankt-Peterburgdagi köpqavatli uylardan biriga mas’ul pudratçi taşkilotda işlaydi.