Jamiyat | 11:52
2606
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: “Surxonni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tayanchini mustahkamlaydi”

Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Davlat rahbari hududni taraqqiy ettirish Yangi O‘zbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlashini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda prezident Surxondaryo nafaqat tabiati go‘zal zamin, balki ruhi baquvvat, g‘ayrati baland va oriyati mustahkam insonlar yurti ekanini qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davrda viloyatda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushirilgan. Shuningdek, Xitoy, AQSh, Rossiya, Hindiston, Avstriya va Vengriya kabi davlatlar bilan investitsiya va savdo sohasida qo‘shimcha 10 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan.

Ijtimoiy sohada ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan. So‘nggi to‘qqiz yilda maktabgacha ta’lim qamrovi 28 foizdan 68 foizga oshgan, 23 ta yangi maktab qurilgan va 448 tasi ta’mirlangan. Natijada 102 mingta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratilgan.

Uy-joy qurilishi doirasida 688 ta ko‘p qavatli uy barpo etilgan bo‘lib, 32 ming oila yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tgan. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etilgan.

Shuningdek, “To‘palang ombori suvidan foydalanish” loyihasi doirasida Termiz shahri va 10 ta tumandagi 563 ming aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilangani qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid