Ayn-Soxna Qizil dengiz sohilidagi eng yirik portlardan biri hisoblanadi va Suvayş kanali iqtisodiy zonasi maʼmuriyati tasarrufida. Misr Transport vazirligi portni kompleks rekonstruksiya qiliş va kengaytiriş böyiça yirik milliy loyihani amalga oşirmoqda. Undan közlangan asosiy maqsad Ayn-Soxnani Janubiy va Şarqiy Osiyo, Yevropa hamda Şimoliy Afrika örtasidagi savdo oqimlariga xizmat körsatadigan muhim dengiz-logistika markaziga aylantirişdir.
Loyiha doirasida jami törtta port havzasi qurildi. Yangi priçallarning umumiy uzunligi 18 kilometrdan oşadi. Ular orasida 19 metr çuqurlikka ega bölgan va Ginnes rekordini örnatgan sunʼiy port havzasi ham bor.
Şuningdek, portda yuklarni qabul qiliş va saqlaş uçun umumiy maydoni 9,2 million kvadrat metr bölgan maydonlar taşkil etildi. Port infratuzilmasi, muhandislik va kommunal tarmoqlari yangi obyektlarning işlaşini taʼminlaş maqsadida modernizatsiya qilindi.
Transport infratuzilmasi ham kengaytirilgan. Xususan, port içida 17 kilometrlik temir yöl tarmoği taşkil qilinib, u Ayn-Soxna - Yangi Al-Alameyn elektrlaştirilgan tezyurar temiryöl magistrali bilan boğlangan. Bu port orqali yuklarni dengizdan quruqlikka va aksinça tezroq yetkazib beriş imkoniyatlarini oşiradi.
Planet kompaniyasi yaqinda Ayn-Soxna portidagi ulkan quriliş va rekonstruksiya işlari qanday amalga oşirilganini aks ettiruvçi videoni ham taqdim etdi. Loyiha natijasida portning yuk qabul qiliş va taşiş imkoniyatlari sezilarli darajada kengayib, uning xalqaro dengiz logistikasidagi ahamiyati ortişi kutilmoqda.
Ginnes rekordi esa loyihada qöllanilgan muhandislik yeçimlarining kölamini namoyon etadi. Ayn-Soxna portining modernizatsiya qilinişi Misrning mintaqaviy va xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlaş hamda mamlakatning yirik logistika markazi sifatidagi mavqeini kuçaytirişga xizmat qilişi taʼkidlangan.













