Ma’lum qilinishicha, Termiz–Istanbul hamda Termiz–Dubay yo‘nalishlarida yangi aviareyslar qo‘yilishi belgilandi.
Shuningdek, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysun tumanlaridan har kuni 100 mingga yaqin aholi viloyat markaziga yengil avtomashinada qatnab kelayotgani qayd etildi. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ana shu yo‘nalishlarga qo‘yish topshirildi.
Infratuzilma yo‘nalishida yil oxirigacha Muzrabot tumanidagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvini yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkazilishi aytildi. Shu bilan birga, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya tizimini olib borish bo‘yicha loyiha ishlari boshlanishi belgilandi.







