Eron islom respublikasi oliy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiy AQŞ va Isroilning şanba kungi zarbalari oqibatida halok böldi.

Dastlab Isroil naşrlari mamlakat rasmiylariga tayanib, Ali Xominaiy Tehrondagi qarorgohiga berlgan zarba oqibatida halok bölgani haqida xabar tarqatgandi. Köp ötmay Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu «Eron oliy rahbari Ali Xominaiy tirik qolmaganining köplab belgilari borligi»ni aytib çiqdi.

Keyinroq AQŞ prezidenti Donald Tramp ham bu haqda yozdi. U Xominaiyni «tarixdagi eng yovuz kişilardan biri» deb atab, endi Eron xalqida «öz mamlakatini qaytarib olişga katta imkoniyat paydo bölgani»ni aytgan. U Eron politsiyasi va Islom inqilobi muhofizlari korpusi a’zolarini Eron xalqi tomoniga ötişga çaqirgan.

Tramp Yaqin Şarqda tinçlik örnatiş uçun Eron böylab zarbalar davom etişini qöşimça qilgan.

Yakunda Eron tomoni bu ma’lumotni tasdiqladi, davlat televideniyesida oliy rahbarning ölimi haqidagi rasmiy bayonot öqib eşittirildi. Mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilindi. Unda Xominaiy hujum vaqtida öz iş joyida, ya’ni qarorgohida bölgani aytiladi.

Bayonotda oyatulloh Ali Xominaiy ehtiromga sazovor islomiy diniy arbob sifatida ta’riflanadi. Şuningdek, «uning şahidlik haqidagi uzoq orzusi» röyobga çiqqani va muqaddas Ramazon oyida vafot etgani ta’kidlangan. «Eron duşmanlari şuni bilişi kerakki, mamlakat rahbarining ölimi zulmkorlarga qarşi kuraşda ulkan qözğolonni alangalantiradi», – deyiladi bayonotda.

Sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlarda Xominaiyning qarorgohi vayron bölgani aks etgan. Reuters agentligi xarobalar ostidan Xominaiyning jasadi topilganini ma’lum qilgan.

Airbus taqdim etgan uşbu suratda 2026 yil 28 fevral kuni Eronda oliy rahnamo qarorgohiga berilgan zarba aks etgan

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi ham Xominaiyning ölimi haqida bayonot bergan. Unda bu voqea Eronni yanada qat’iyatli qilişi bildirilgan.

Xominaiy xuddi Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon kabi Isroil zarbalarining asosiy nişonlaridan biri bölgan. Hozirda Pizişkiyon qayerdaligi ma’lum emas.

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi şanba kuni NBC News telekanaliga bergan intervyusida oyattulloh va Pizişkiyon tirikligi hamda xavfsizlikda ekanini aytgandi.