«Özbekneftgaz» va Xitoyning «CNPC» milliy korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi «XIBU» kompaniyasi örtasida 2026–2027 yillarda 30 ta quduqni burğilaş böyiça birinçi bosqiç şartnoma imzolandi. Bunda 450 tonnalik yuk kötariş quvvatiga ega 10 ta burğilaş dastgohini Özbekistonga keltiriş közda tutilgan, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

«Özbekneftgaz» ma’lumotiga köra, yangi quduqlar tabiiy gaz zaxiralari istiqbolli deb topilgan maydonlarda burğilanadi. Ularning çuqurligi 5500−6000 metrdan ortiq bölişi kutilmoqda. Şuningdek, ayrim quduqlarda 1000 atmosferagaça bölgan yuqori bosim va 200 darajagaça harorat kuzatilgani qayd etilgan. 

«Mazkur loyiha murakkab geologik şaroitda burğilaş jarayonlari xavfsizligini ta’minlaş, avariyaviy holatlarning oldini oliş va geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, gaz zaxiralarini köpaytiriş hamda mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlaş borasidagi strategik vazifalarni amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi», deyiladi kompaniya xabarida.