Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanida 2024 yilda qayta qurilgan “Buyuk Turon” köprigiga olib çiquvçi yölning bir qismi öpirilib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlardan körinişiça, öpiriliş – yöl ötkazgiçning Temur Malik köçasidan Buyuk ipak yöli köçasiga olib çiquvçi qismida sodir bölgan.

Yölning boşqa tomonida ham yoriqlar bor: bu öpirilişdan oldingi alomatlar bölişi mumkinligi aytilyapti.

“Buyuk Turon” köprigi (“Troitskiy most” ham deyiladi) – Temur Malik köçasini rekonstruksiya qiliş loyihasi doirasida 128,6 mlrd sömga qayta qurilgan bölib, 2024 yil avgust oyida – Mustaqillik bayrami arafasida foydalanişga topşirilgan edi.

Ayni paytdagi ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar qayd etilmagan. Bu haqda ma’lum qilgan Toşkent şahar hokimligi voqea joyiga zudlik bilan avariya xizmatlari, texnik mutaxassislar va mas’ul taşkilotlar vakillari yuborilgani, hodisa sodir bölgan hudud örab olinganini bildirdi.

Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqov voqea joyida / Foto: Hokimlik matbuot xizmati

“Hozirda kompleks texnik tekşiruv ötkazilmoqda. Tekşiruv yakunlanmagunça, uzil-kesil xulosa çiqarişga hali erta. Dastlabki taxminlar qatorida sönggi kunlardagi kuçli yoğingarçilik ta’siri, jumladan, tuproqning haddan taşqari namlanişi va konstruksiyaga tuşadigan yuklamaning ortişi kabi omillar körib çiqilmoqda. Şu bilan birga, loyihaviy yeçimlar, quriliş-montaj işlari sifati, drenaj tizimining holati, quriliş nazorati hamda obektni qabul qilib oliş tartibi kabi barça tegişli holatlar ham tekşirilmoqda.