Prezident aholi içki işlar xodimlari tomonidan körsatilayotgan qöpol muomaladan norozi ekanini aytdi. U bu haqda aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini yangi darajaga kötariş va jamoatçilik fikrini çuqur tahlil qiliş böyiça juma kuni ötkazgan yiğilişida gapirdi.
2025 yili içki işlar vakolatidagi masalalar böyiça 148 mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan. Ayniqsa, içki işlar xodimlarining qöpol muomalasi va tergov sifatidan norozilik köp.
Davlat rahbari tizim mas’ullari har 1 ming kişiga nisbatan eng köp ariza tuşayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarşi, Namangan, Jizzax, Farğona, Çirçiq şaharlariga borib, aholining muammolarini eşitişi, profilaktika inspektori va tergovçilarning kasbiy va muomala madaniyatini oşiriş böyiça öqitişi şartligini ta’kidladi.
Şuningdek, yiğilişda aytilişiça, turli sabablar bilan tuğilganlik töğrisidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday hujjatni rasmiylaştirişdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgan.
«Bu bolasini boğça va maktabga joylaştirişda guvohnoma söralgani uçun majbur bölib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qança?» – deya savol qöydi prezident.
Adliya vazirligiga uşbu masalaga sodda yeçim işlab çiqiş topşirildi.







