Toşkent şahridagi «Paeonnis» xususiy klinikasida burun operatsiyasi vaqtida vafot etgan 9 yoşli bola işi böyiça sud hukmi e’lon qilindi. Voqea 2025 yil 25 avgustida sodir bölgan. Bolaning burnida adenoid aniqlangan va klinika şifokorlari uni jarrohlik yöli bilan olişni tavsiya qilgan.
Oliy sud axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 12 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tuman sudida bolaning ölimiga oid jinoyat işi körib çiqilgan.
Sud qaroriga köra, «Paeonnis» xususiy klinikasida işlagan anesteziolog-reanimatolog hamda lor-şifokor Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan aybdor deb topilgan. Ularga 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş, 3 yil davomida jarrohlik amaliyotida iştirok etiş huquqidan mahrum qiliş jazosi qöllangan.
Sud hukmiga köra, jazo manzil koloniyalarda ötaladi. Sudlanuvçilarga nisbatan qöllangan uy qamoği ehtiyot çorasi bekor qilinib, ular sud zalidan qamoqqa olingan.
Avvalroq Toşkentdagi xususiy klinikalardan birida 31 yoşli yigit ham burun operatsiyasidan keyin vafot etgandi.











