Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir Ikrom Otamurod vafot etdi. Bu haqda uyuşma axborot xizmati xabar berdi.

“Marhum ertaga, 13 iyul kuni soat 7:00da uyidan çiqariladi va Yalanğoç ota qabristoniga qöyiladi”, deyiladi xabarda.

Ikrom Otamurod 1951 yil 5 mayda Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Kasbi qişloğida tuğilgan. 

Şoirning “Vaqt ranglari”, “Janub quşlari”, “Törğayli manzillar”, “Ufqlar orti bepoyon”, “Uzoqlaşayotgan oğriq”, “Uzoqlaşayotgan oğriq”, “Sopol siniqlari”, “Sen”, “Ruhimning qayğusi” kabi öndan ortiq şe’riy kitoblari çop etilgan.

Ikrom Otamurod Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtuşenko, Öljas Sulaymon kabi şoirlarning şe’r va dostonlarini özbek tiliga tarjima qilgan.

Şoir “Döstlik” ordeni, “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.