Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “SSSRning sönggi fuqarosi Samarqandda yaşamoqda” sarlavhali material yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Unga köra, 1972 yilda Nurota tumanida tuğilgan Onarxol Kubayeva Qöşrabot tumani «Quvkalla» mahallasida istiqomat qilib, 1992 yilda Payariq tumani «Nakurt» mahallasiga kelin bölib tuşgan.

Ayol uzoq vaqt davomida e’tiborsizlik hamda oilaviy şart-şaroitlarning yetarli darajada bölmaganligi sababli sobiq ittifoq — SSSR pasporti bilan yaşab kelgan.

Aniqlanişiça, O. Kubayeva mazkur masala böyiça tegişli idoralarga murojaat qilmaganligi sababli uning pasporti Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga almaştirilmagan.

“Mazkur holat yuzasidan Qöşrabot va Payariq tuman adliya bölimlari va Payariq tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi tomonidan zarur çoralar körilib, 14 mart kuni O. Kubayevaga Özbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasmiylaştirib berildi”, deyiladi vazirlik munosabatida.