Toşkent şahrida avtobus bekatlarini yangilaş dasturi doirasida 460 ta avtobus bekati auksion orqali tadbirkorlarga ijaraga berildi, deya ma’lum qildi şahar hokimi örinbosari Abdurahmon Baxtiyev 12 mart kungi matbuot anjumanida.

“Bekatlar yirik lotlarga ajratilib, 6 yil muddatga ijaraga berildi. Bitta-bitta bekat qilib sotilmaydi. Sababi, ayrim bekatlarimiz yaxşi joyda, ayrim bekatlarimiz yomon joyda joylaşgan. Investorga, tadbirkorga qiziq joyi – bu reklama örnatiş. Auksionda qatnaşib, pulini çiqarib olişning yöli – şu reklama”, – dedi u.

Oxirgi haftalarda noqonuniy deya buzib taşlangan köplab dökonli bekatlarda dökondorlar tomonidan konditsioner örnatilgan edi. Yangi bekatlar esa oçiq muhit qilib loyihalangan. Hokim örinbosari bu haqdagi savolga javoban asosiy masala avtobuslar intervalida ekanini aytdi.

“Juda köp davlat tajribasi örganildi. Aslida biz bekatni qulay qilişni emas, avtobusni tezroq qulay qiliş, vaqtida kelişini öylaşimiz kerak. Şu 30-40 daqiqa emas, unça ança qisqaroq bölişiga erişiş uçun harakat qilişimiz kerak. Bekatni qulay qilsak, “avtobus bemalol kelaversa böladi, buyoqda bekatda kutib ötiradi”, degan ğoyadan qoçişimiz kerak. Lekin şu bekatda kamida yomğir, qor tuşmasligi kerak, issiq kunlarda soya bölişi kerak”, – deydi u.

Baxtiyevning qöşimça qilişiça, bekatlarni ijaraga olgan tadbirkorlarga kamera, favqulodda holatlar uçun “SOS” tugma, yoritiş qurilmalari, imkoniyati çeklanganlarga maxsus plitka va panduslarni örnatiş şarti qöyilgan.