Tadbir doirasida viloyatda oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika, quriliş materiallari, metall va mebel sanoati sohalarida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar körgazmasi taşkil etildi. Davlat rahbari hududning zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari, ilğor texnika va texnologiyalari, sanoat mahsulotlari bilan tanişdi.

Samarqand viloyati mamlakat iqtisodiyotida strategik öringa ega hudud sifatida barqaror rivojlanib bormoqda. Sönggi yillarda bu yerda sanoat hajmi izçil ösib, qulay işbilarmonlik va investitsiya muhiti mahalliy hamda xorijiy sarmoyalarni keng jalb etişga mustahkam zamin yaratdi. Çet el kapitali iştirokidagi korxonalarning soni yildan yilga ortib borayotgani bu boradagi ijobiy dinamikani yaqqol tasdiqlaydi.

Marosimda şahar va tumanlarda qariyb 7 milliard dollar investitsiya hisobiga 106 ta yangi loyiha işga tuşiriş va qurilişga tayyor ekani haqida axborot berildi. Tadbirga videoaloqa orqali yangi qurilayotgan va işga tuşirilayotgan loyihalarning mas’ullari ham ulandi.

Uşbu loyihalar viloyat iqtisodiyotining turli tarmoqlarini qamrab olgan. Jumladan, toğ-kon sanoati va geologiya, quriliş materiallari, avtosanoat, kimyo sanoati, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, ta’lim, soğliqni saqlaş, xizmat körsatiş va turizm sohalarida yangi quvvatlarni işga tuşiriş hamda istiqbolli obektlar qurilişini boşlaş nazarda tutilgan.

Marosimda Şavkat Mirziyoyev loyihalar ijroçilari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan suhbatlaşdi, ularning taklif va taşabbuslarini tingladi. Bu kabi loyihalar Samarqand viloyatining sanoat salohiyatini yanada mustahkamlaş, işlab çiqariş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va hududda barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaşda muhim omil bölişi ta’kidlandi.

Şundan söng davlat rahbari ramziy tugmani bosib, Samarqand viloyatidagi yirik loyihalarni işga tuşiriş va yangilarining qurilişini boşlab berdi.

Jumladan, Avstriya, Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari, Turkiya, Hindiston va Rossiya bilan hamkorlikda 2 milliard 400 million dollarlik 53 ta loyiha işga tuşdi.

Şuningdek, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya va Eron bilan hamkorlikda 4 milliard 600 million dollarlik 53 ta loyiha böyiça quriliş işlari boşlandi.