Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahrida jamoat transporti uçun olib kelingan zamonaviy elektrobuslar va quvvatlaş stansiyasi faoliyati bilan tanişdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, davlat rahbarining 2023 yil 17 fevralda qabul qilingan «Jamoat transporti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori asosida hududlarda ham avtotransport xizmatlari yaxşilanib, jamoat transporti yönalişlari kengaytirilmoqda. Bunda avtobus parklarini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qiliş, yönalişlar böylab ekologik toza avtotransport qatnovini taşkil etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni maqsadlarda Samarqand şahriga birinçi bosqiçda 49 million dollar hisobiga 100 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi. Mazkur Yutong rusumli elektrobuslar 30 örinli bölib, umumiy siğimi 75 nafar yölovçidan iborat.

Yangi avtobuslar uçun 4 gektarga yaqin maydonda avtosaroy taşkil etilgan. Bu yerdagi elektrobuslarni quvvatlaş stansiyasida bir vaqtning özida 50 ta jamoat transportiga xizmat körsatiş imkoniyati yaratildi. Elektrobuslar uçun barpo etilgan yopiq turargohda texnik xizmat körsatiş uçun mobil ta’mirlaş texnikasi ham mavjud. Elektrobuslar şaharning 9 ta yönalişida brutto-şartnoma asosida harakatlanib, kuniga 70 mingga yaqin yölovçiga xizmat körsatmoqda.

Loyihaning ikkinçi bosqiçida esa yana 250 ta elektrobus xarid qiliş nazarda tutilgan. Buning uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan 120 million dollar mablağ jalb qiliş rejalaştirilgan. Natijada yoqilği sarfi 32 ming litr, zararli gazlar miqdori 27 tonnaga kamayadi.

Bugungi kunda avtosaroyda 265 nafar xodim mehnat qilmoqda. Yangi elektrobuslarning olib kelinişi jarayonida esa yana 500 dan ziyod iş örinlari yaratiladi. Prezident yangi avtobuslarni közdan keçirdi.

«Mazkur sohaning iqtisodiy barqarorligini oşiriş uçun elektrobuslarga xizmat körsatadigan, ularni ta’mirlaydigan mutaxassislarni tayyorlaş böyiça Samarqand tajribasini yaratişimiz kerak», – dedi davlat rahbari.

Şu yerning özida Samarqand şahrida jamoat transportini rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar, jumladan, avtobuslar harakatini boşqariş jarayonlarini raqamlaştiriş yuzasidan taqdimot ötkazildi.