Andijon viloyati Izboskan tumanida 58 nafar bolani 8 örindiqli mikroavtobusda olib ketayotgan haydovçi uşlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Viloyat IIBga köra, 6 may kuni Örta qişloq mahallasi Mumtoz köçasida haydovçi Q.Z. King Long rusumli mikroavtobusda davlat-xususiy şeriklik asosidagi «Xadiçabegim» boğçasining 58 nafar tarbiyalanuvçisini olib ketayotgan vaqtda töxtatilgan.
Haydovçiga nisbatan odam taşiş qoidasini buzganligi uçun ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, haydovçi va boğça rahbariyati bilan profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi, deyiladi xabarda.
IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmatiga köra, respublika böylab 1−8 may kunlari ötkazilgan reyd tadbirlarida bolalarni transportda me’yordan ortiq taşiş bilan boğliq 125 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Eslatib ötamiz, 5 may kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida 13 nafar boğça bolasi va özining 3 oylik çaqaloğini Matiz'da olib ketayotgan boğça mudirasi boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtomobil ağdarilib ketgan, oqibatda haydovçi halok bölib, bolalar jabrlangan, ulardan biri komaga tuşib qolgan edi.













