Prezident Donald Tramp AQŞ Demokratik partiyasini mamlakatning Erondan keyingi asosiy duşmani deb  atadi.

«Eronning halokatidan söng endi öta söl, uquvsiz Demokratik partiya Amerikaning eng buyuk duşmani hisoblanadi!», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Avvalroq AQŞ vakillar palatasidagi demokratik ozçilik yetakçisi Hakim Jyeffris Donald Tramp va «respublikaçi ekstremistlar»ni Yaqin Şarqda «aqlsiz uruş» keltirib çiqarişda ayblagandi. 

«Bizga Amerikadagi rejim özgarişi kerak», — deb yozdi Jyeffris.  

Demokratik partiya kongress yuqori palatasi işini töxtatişga tayyorlanmoqda. Demokratlar prezidentning harbiy vakolatlari töğrisidagi rezolyutsiyalar  böyiça majburiy va takrorlanuvçi ovoz berişlar taktikasini qöllaş niyatida. 

Senator-demokrat Adam Şiff bu qarorni Eronga qarşi harbiy operatsiyani boşlaganligi uçun javobgarlikni tan oliş deb izohladi.

«Özini tarixdagi eng şaffof ma’muriyat deb ataydiganlar bu uruş uçun har qanday javobgarlikdan qoçmoqda», dedi u.