HONOR brendi ayollarning köpinça e’tibordan çetda qoladigan kundalik ğamxörligi va qöllab-quvvatlaşi haqida «Körinmas lahzalarga yangiça nigoh» kampaniyasini taqdim etdi. Loyiha videorolik, UGC çellenji va şaxsiy hikoyalarni birlaştirib, minglab insonlarga ayollarning «körinmas» hissasini namoyon etdi.
Dunyo böylab ayollarning kundalik hayotga qöşgan hissasi jamiyatdagi muhim ahamiyatiga qaramay, köpinça e’tibordan çetda qoladi. Ğamxörlik, diqqat-eʼtibor va hissiy qöllab-quvvatlaş jismoniy iz qoldirmaydi, şuning uçun atrofdagilar uçun körinmas bölib qoladi. Aynan şu qadriyatni körsatiş maqsadida HONOR Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlab «Körinmas lahzalarga yangiça nigoh» kampaniyasini ötkazdi.
Kampaniya doirasida köpinça e’tibordan çetda qoladigan kundalik ğamxörlik lahzalarini namoyiş etuvçi ijodiy video taqdim etildi. Videoda HONOR 400 Pro smartfonining AI Image to Video funksiyasi işlatilgan bölib, u harakatsiz kadrlarga dinamika bağişlaş va oddiy sahnalarni yangiça oçib beriş imkonini beradi.
UGC çellenj ötkazilib, uning doirasida foydalanuvçilar bir neça ming repost qildi va hayotlaridagi muhim ayollarga minnatdorçilik sözlarini ulaşdi. Boş mukofot — HONOR 400 Pro sohibasi Madina Utaboyeva smartfonni singlisiga sovğa qildi.
Bu kampaniyaga yuzlab odamlar qöşildi va özlarining samimiy, şaxsiy va muhim hikoyalarini ulaşdi. Uni millionlab kişilar tomoşa qildi, yaqinlariga yubordi va öz tajribasi orqali his qildi. Natijada kampaniya 50 mingdan ortiq foydalanuvçini qamrab oldi va 5 milliondan ziyod odamlarning e’tiboriga tuşdi.
Maşhur aktrisa Ra’no Şodiyeva loyihaning alohida ramziga aylandi — u özining şaxsiy hikoyasini ulaşdi va kampaniya ambassadori böldi. Ba’zi sözlar esa telefon ekranlaridan ham çiqib, keng omma qalbidan joy oldi.
9 martdan 16 martagaça eng ta’sirçan xabarlar Toşkent markazidagi LED ekranda namoyiş etildi — bu «körinmas» lahzalar sezilarli bölişi mumkinligi va bölişi şart ekanining ramziga aylandi.
HONOR haqida
HONOR – global miqyosdagi yetakçi intellektual qurilmalar ekotizimi kompaniyasidir. Kompaniya sun’iy intellekt davrida inson va qurilma örtasidagi aloqalarni inqilobiy tarzda özgartirişga intiladi.







