Kimdir Eldor Şomurodov bilan uçraşiş, yana kimdir millionlar öyinini katta maydonda jonli kuzatişni istaydi. Kun.uz muxbiri futbol muxlislaridan öyin bilan boğliq orzularini söradi. HONOR'ning AI Image to Video 2.0 texnologiyasi esa bu tasavvurlarni videoga aylantirdi.

Kimdir futbolçi böliş, kimdir jahon çempionatiga boriş, yana kimdir esa milliy terma jamoa dunyoning eng kuçli jamoalari qatorida munosib iştirok etişini orzu qiladi. Bir narsa aniq: jahon çempionati endi özbekistonlik muxlislar uçun uzoqdagi orzu emas. Bu tarixning bir qismi.

Milliy terma jamoaning jahon çempionatiga yöllanmasi millionlab muxlislarga unutilmas hissiyotlarni tuhfa etdi. Kun.uz muxbiri «Bunyodkor» milliy stadionida jam bölgan tomoşabinlardan 2026 yilgi jahon çempionati öyinlari haqidagi eng esda qolarli xotira va orzularini söradi. HONOR smartfonidagi AI Image to Video 2.0 texnologiyasi esa ularning tasavvurini qisqa videolarga aylantirib, vizual körinişda jonlantirdi.

Muxlislarning javoblari bir-biridan farq qilsa-da, ularni bitta jihat birlaştirardi: terma jamoaga bölgan işonç va futbolga muhabbat.

«Jahon çempionatida Özbekistonning ketma-ket gol urişini körişni juda xohlardim», – deydi muxlislardan biri.

Yana biri esa bolalikdagi orzusini aytdi:

«Eldor Şomurodov bilan uçraşişni istardim. Uning mehnati va matonati menga doim motivatsiya bergan».

Sun’iy intellekt yordamida kimdir özini Eldor Şomurodov bilan bir maydonda kördi, boşqasi esa stadion tribunalarida Özbekiston bayroğini hilpiratib, terma jamoaning gollarini nişonlayotganini vizual his qildi.

HONOR 600 seriyasi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olişingiz mumkin:

www.honor.com