Yöl harakati xavfsizligi xizmati avtomobillar “texpasporti”ning amal qiliş muddatiga çeklov qöyilgani yuzasidan izoh berdi.

Hukumat qarori bilan, avtomototransport vositasini röyxatdan ötkaziş haqidagi guvohnoma endi 5 yil muddatga beriladi. Bungaça “texpasport”larning amal qiliş muddati yöq edi.

YHXX izohiga köra, muddatning çeklanişi – 2026 yil 1 apreldan boşlab beriladigan guvohnomalar uçun tatbiq etiladi.

2026 yil 1 aprelga qadar berilgan “texpasport”lar toki qonunçilikda belgilangan sabablar tufayli almaştiriş zarurati kelmagunça, amal qilişda davom etaveradi.

YHXX bu yangilikni “transport vositasining kuzov, dvigatel singari asosiy agregatlarining mavjudligini inventarizatsiyadan ötkaziş maqsadi” bilan izohlagan. Vaholanki, ta’kidlaş kerakki, agregatlar mavjudligi – majburiy xarakterga ega davriy texnik köriklar davomida ham tekşirib kelinadi.

Eslatib ötamiz, avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnomani beriş uçun tölov miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 70 foizi (hozirda 288 400 söm) deb belgilangan. Uşbu tölov amal qiliş muddati tugagan guvohnomani yangilaşga nisbatan ham tatbiq etiladimi, bu haqda ma’lumot berilmadi.