Toşkent–Öş–Toşkent yönalişida ilk aviareys amalga oşirildi. Toşkentda mast haydovçi içki işlar xodimiga zarba berdi, Farğonada esa bank xodimi mijozni öldirib, kanalga taşlab yubordi. Kunning şu va boşqa muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Avtobus piyodani urib yubordi  

Toşkent şahrida ajratilgan maxsus yölak böylab harakatlanayotgan avtobus piyodani urib yubordi. Yöl-transport hodisasi 2 aprel kuni sodir bölgan. 

Ma’lum bölişiça, 2013 yilda tuğilgan piyoda tartibga solingan ötiş joyidan taşqari, svetoforning qizil çiroğida yölni kesib ötayotgan bölgan. Avtobus urib yuborişi oqibatida u jarohatlangan.

Haydovçi tomonidan jabrlanuvçiga birinçi tibbiy yordam körsatilib, tez yordam çaqirilgan. Şifokorlarning dastlabki xulosasiga köra, unga boş miya çayqalişi taşxisi qöyilgan.

Holat yuzasidan tegişli idoralar tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.  

Toşkent va Öş örtasida aviaqatnov yölga qöyildi  

1 aprel kuni Centrum Air aviakompaniyasi tomonidan Toşkent–Öş–Toşkent yönalişida ilk aviareys amalga oşirildi.

Öş xalqaro aeroportida mazkur reys an’anaviy suv arkasi bilan tantanali kutib olindi. Ilk parvozda Toşkentdan 98 nafar, Öşdan esa 141 nafar yölovçi uçdi.

Yölovçilar orasida Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari bilan birga Turkiya, Xitoy va Koreya Respublikasidan kelgan sayyohlar ham bölgani mazkur yönalişning xalqaro ahamiyatini körsatdi.

Parvozlar zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — çorşanba va şanba kunlari amalga oşiriladi. Yaqin kelajakda reyslar sonini 4 tagaça oşiriş rejalaştirilgan.  

Farğonada mudhiş qotillik   

Farğonada 31 mart kuni avtokredit rasmiylaştiriş maqsadida Qöqon şahridagi bankka borgan fuqaro qotillik qurboni böldi. Uni bank xodimi öldirgani aytilmoqda.

U bank binosini bank xodimi bilan birga tark etgan, ikki soat ötib xodim yolğiz qaytib kelgan.

Boş prokuratura axborot xizmatiga köra, tergovga qadar tekşiruv davomida Qöqon şahridagi banklardan birining kredit bölimi mutaxassisi qotillikda gumonlanib, qölga olingan. U mijozni öldirib, jasadni Katta Farğona kanaliga taşlab yuborganiga iqror bölgan.

Bank xodimi marhum aksiya doirasida avtomaşina uçun kredit oliş maqsadida filialga kelganini, u bilan özaro tortişib qolgani, gaplaşib oliş uçun Tracker maşinasida Özbekiston tumani hududiga kelganini, şu yerda piçoq bilan uning böyin sohasiga bir neça marta zarba berib öldirganini aytgan. U şundan söng iş joyiga qaytib kelgan, murdani maşinasida qoldirgan. Soat 19:00 larga qadar işda bölgan. Şundan keyin maşinasida Katta Farğona kanalining Özbekiston tumanidagi Tölaş mahallasi hududidan oqib ötgan qismiga borib, murdani kanalga taşlab yuborganini bildirgan.

Holat yuzasidan qasddan odam öldiriş bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni vaqtda jabrlanuvçining jasadi topilmagan, qidiruv işlari davom etmoqda.   

Mast haydovçi xodimga zarba berdi  

Toşkentda mast holatda avtomaşina boşqarib, yöl-transport hodisasi sodir etdi. Söngra voqea joyiga yetib kelgan içki işlar xodimiga zarba berdi.  

Holat 30 mart kuni tungi vaqtda Yaşnobod tumanida sodir bölgan.

Ma’lum qilinişiça, Malibu va Leapmotor maşinalari özaro töqnaşib ketgaç, haydovçilar örtasida tortişuv yuzaga kelgan. Söngra Leapmotor haydovçisi 102 raqamiga qönğiroq qilib, davlat raqam belgisiga ega bölmagan Malibu haydovçisi avariya sodir etib, unga nisbatan qöpollik qilayotgani haqida xabar bergan.

Murojaatga asosan voqea joyiga yetib borgan yöl-patrul xizmati xodimlari holatni rasmiylaştirişga kirişgan. Mast holatda maşina boşqarib kelgan Malibu haydovçisiga alkotester orqali tekşiruvdan ötiş taklif qilingan.

Haydovçi esa qarşilik körsatib, xodimlardan biriga tirsagi bilan zarba bergan. 

Şundan keyin u boşqa xodimlar hayoti, soğliğiga zarar yetkazişning oldini oliş maqsadida maxsus vositalarni qöllagan holda zararsizlantirilgan.

Haydovçi spirtli içimlik içgani sababli qöli kötarilib ketganini aytib, uzr söragan. Hozirda u protsessual tartibda uşlangan. Holat yuzasidan hokimiyat vakiliga qarşilik körsatiş va bezorilik bilan jinoyat işi qözğatilgan.