Özbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi deputatlari tomonidan “Hayvonlarni şafqatsiz munosabatdan himoya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilmoqda. Bu haqda partiya axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, jamiyatda hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat sönggi yillarda kamayganiga qaramasdan, bu kabi noxuş holatlar hamon uçrab turibdi. Eng açinarlisi, uşbu harakatlar mutlaqo asossiz, şunçaki köngilxuşlik uçun sodir etilmoqda.
Joriy yil 25 mart kuni qabul qilingan qonunga köra, hayvonlarga şafqatsiz munosabatda bölgan şaxsga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoqqa olişga sabab böladi.
“Bunday huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilgan bölsa-da, biroq bu çoralar ham yetarli emasligini hamda hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatni tartibga soliş masalasi tizimli va kompleks huquqiy yondaşuvni talab etmoqda”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, qonun loyihasi köplab xorijiy mamlakatlarning şu yönalişdagi ijobiy tajribasi asosida işlab çiqilib, unda faqat jazo masalasi emas, balki muammoning ildiziga ta’sir qiluvçi çoralar nazarda tutiladi, jumladan:
– hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabat hisoblanadigan xatti-harakatlarni qonun bilan aniq belgilaş va uşbu harakatlarni qat’iy taqiqlaş;
– hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş harakatlari uçun jinoiy javobgarlikni qayta körib çiqiş, bunda bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravarigaça jarima qöllaş yoki 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş (amaldagi 50 barobargaça va 6 oy ozodlikdan maxrum qiliş);
– aybdor şaxslarga javobgarlik qöllanilişi bilan birga hayvonlarga yetkazilgan jarohatlar uçun aybdor hayvon soğligini tiklaş bilan boğliq veterinariya xarajatlarini töliq qoplaşi şartligini belgilaş (hatto bu xarajatlar hayvonning bozor qiymatidan ança yuqori bölgan holatlarda ham);
– hayvonlar bilan jamoat joylarida böliş uçun qulay muhitlarni taşkil etiş, jumladan közi ojizlarga hamrohlik qiluvçi itlar va emotsional kömakçi hayvonlarni jamoat transportida olib yurişda imtiyoz berişni qonuniy mustahkamlaş;
– hayvonlar egalarining ularni himoya qiliş, veterenariya xizmatlarini körsatişni taşkil etiş, qarovsiz qoldirmaslik kabi majburiyatlarini belgilaş, hayvonlarni taşlab ketiş holatlariga barham beriş;












