Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 12—30 aprel kunlari bölib ötadigan yakkaxon konserti oldidan intervyu berdi. U suhbat davomida konsertga tayyorgarlik, yangi dastur haqida gapirib, xonandalarning soliq tölaşi kerakligi haqidagi qaror loyihasiga öz munosabatini bildirdi.

Yulduz Usmonova ötgan yilgi konsertida “Men muxlislarni yiğlatmayman, tafakkur qildiraman. Sababi hayot taşvişining özi yetarli”, degan edi. Bu yilgi konsertda xonanda qanday ğoyani ilgari suradi?

— Tafakkur qilgan odam yiğlamaydimi? Özining qilgan xatosidan yiğlaydi, birovdan öpkalab emas. Yiği bilan yiğining farqi bor-da. Siz bilan men ham köp yolğonni, haromni, haqsizlikni körib, indamay ketyapmiz-ku! Boykotlarni körib turib, mahsulotlarni indamay sotib olib, yeb, bolalarimizga olib beryapmiz-ku! Vijdon qiynalsa, yiğlaysiz-da, bu oddiy misol. Odamlar qöşiqda özini topib olsa, yiğlaşi mumkin. Bunday yiğiga heç kimning qarşiligi yöq. Maqsadimiz ularning yuragini eziş emas.

Bizning paytlarda 80 foiz qöşiqlar yiğlatadigan va ma’noli bölardi. Odam şu qöşiqlardan yengillik topsa, albatta, yiğlasin. Yiğlab-yiğlab, yuzini yuvib, köziga yana surmasini surtib, köçaga çiqib, hayot yana davom etayotganini his qiladi. Yiğlatiş deganda şuni nazarda tutaman, deydi u.

“Mençalik işlaydigan odam qolmadi”

— Tapir-tupur, betartib konsertlarga pul tölab, kirayotganlar bor. Şunça kun konsert beryapman, özimning boşimga suv ögirib yubordim. Özimga özim çarçama, Usmonova, dedim. Bunçalik işlaydigan odam qolmadi. Ğam-taşvişsiz örtaga çiqib olib, aşula aytişyapti. Men siqilyapman, har kuni dori içaman. Özimni qanday tinçlantirişni bilmayman. Mendan neça yoşga yetdingiz, deb köp söraşadi. Turmuş örtoğim nega siqilasiz, deydi. Qanday qilib siqilmay? Men bolalarim bilan sahnaga çiqyapman, tasavvur qilyapsizmi? Qanday qilib xavotir olmasligim mumkin?

Menimça, gap kostyumlarda, gaplarda, iddao qilişda, çiroyli yondirilgan çiroqlarda emas. U şundoq ham kerak, qilamiz. Qöşiqlar öz örnini topsa, Yulduzni Yulduz deb eslaşadi. Konsertida zör lazer, çiroq qilgan edi, deb eslaşmaydi. Yettidan yetmişgaça eslanyapmanmi, demak, qöşiqlar yaşayapti. Men qöşiqlar yaşaşi tarafdoriman, deydi Yulduz Usmonova.

Özbekistonda 2026 yil 1 sentabrdan boşlab san’atkorlar va boşlovçilar körsatadigan xizmatlarni “Soliq” ilovasida röyxatga oliş hamda “bir xizmat – bir tölov” tamoyili asosida soliqqa tortiş rejalaştirilmoqda. Mazkur qaror loyihasining e’lon qilinişi şou-biznes vakillari örtasida keng muhokama va e’tirozlarga sabab bölmoqda. Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bu borada qanday fikrda?