YouTube ösmirlarga ideallaştirilgan fitnes, vazn yoki taşqi köriniş standartlarini tarğib qiluvçi videolarni tavsiya qilişni töxtatadi, deb xabar beradi The Guardian.

Qayd etilişiça, 13-17 yoş oraliğidagi yoşlar bunday kontentlarni tomoşa qila oladi, biroq platform avtomatik ravişda ularni tavsiya qilmaydi. YouTube vakillarining ta’kidlaşiça, bu turdagi videolar platforma qoidalarini buzmasada, ularni muntazam tomoşa qiliş ösmirlarning kayfiyatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.

«Ösmirlar öz tasavvuri va standartlarini şakllantirar ekan, ideallaştirilgan standartlarga ega kontentni doimiy tomoşa qiliş real bölmagan içki standartni şakllantira boşlaydi, unda özi haqida salbiy fikrlarni paydo bölişi mumkin», — deydi YouTube’ning soğliqni saqlaş masalalari böyiça global direktori Gart Grem.

Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarda kuçga kiradigan yangi qoidalar muayyan jismoniy xususiyatlar, fitnes yoki vaznni ideallaştiradigan yoki jismoniy qörqitiş kabi ijtimoiy tajovuzni rağbatlantiradigan kontentlarni qamrab oladi.

Eslatib ötamiz, 2023 yil dekabrda YouTube foydalanuvçilarga öz videolariga izoh qoldirişni vaqtinça töxtatib turiş imkonini beruvçi yangilanişni çiqardi. Kompaniyaning fikriça, bu blogerlarga kontent ustidan köproq nazorat örnatiş va şarhlarni moderatsiya qilişga kamroq çalğiş imkonini beradi.