Unda maktabning yuzga yaqin birinchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Mazkur tadbir an’anaviy “Alifbe bayrami”dan farqli ravishda “Savodxonlik bayrami” shaklida tashkil etildi. Bu yondashuv o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida bir necha tilda savod chiqarish jarayonini ifodalaydi.


 

Maktabda öquvçilar boşlanğiç sinfdanoq uç til: özbek, rus va ingliz tillarida ta’lim oladi. Ular öqiş va yoziş bilan bir qatorda, ravon nutq, fikrni erkin ifodalaş va muloqot qiliş könikmalarini ham erta bosqiçdan şakllantirib boradi.

Şu bilan birga, ta’lim jarayonida aniq fanlarga alohida e’tibor qaratilib, öquvçilarning matematika yönalişidagi bilimlari tizimli ravişda rivojlantiriladi. Bu esa mantiqiy fikrlaş va tahlil qiliş könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Tadbir davomida öquvçilar uç tilda şe’rlar öqib, qöşiqlar ijro etdi hamda sahna körinişlarida qatnaşdi. Ota-onalar farzandlarining qisqa vaqt içida erişgan natijalariga bevosita guvoh böldi.

Al-jabr xususiy maktabi rahbari Matluba Karaxodjayeva ta’kidlaşiça, mazkur bayram maktabda uç tilli ta’lim tizimining amaliy natijasini namoyon etadi:

“Maktabimizda öquvçilar özbek, rus va ingliz tillarida öqiş, yoziş va ravon muloqot qiliş könikmalarini egallaydi. Şu bois an’anaviy alifbe bayrami örniga savodxonlik bayrami ötkaziladi. Bugungi kunda birinçi sinf öquvçilari uç tilda bemalol öqib, fikrini ifoda eta oladi.”

Tadbir öquvçilarning sahnadagi erkinligi, öziga bölgan işonçi va ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslaşganini yaqqol namoyon etdi.

 

Telefon: +99855 500 8485

Röyxatdan ötiş uçun: forms.amocrm.ru/rwrcmtd