Sheron Residence — me’morçilik va madaniy meros uyğun hamda puxta öylangan muhitni şakllantiruvçi, yaşaş uçun möljallangan maskan sifatida yaratilgan. Loyiha konsepsiyasi zamirida — sohibqiron Amir Temur davriga ehtirom, şuningdek tarixiy boğlar an’anasini zamonaviy uslubda qayta talqin etiş ğoyasi yotadi. Mazkur yondaşuv uyğunlik, mutanosiblik va tabiat bilan hamohanglik muhim bölgan Italiya villalarining nafosati bilan mahorat bilan uyğunlaştirilgan.
Loyihaning markazi — maydoni 5 gektarga teng sölim boğ bölib, u majmuaning butun tuzilmasini birlaştiruvçi yaşil özak vazifasini bajaradi. U nafaqat dam oliş hududi, balki bölajak aholining kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanadi.

Ambassador tanlovi loyihaga qöşimça qiziqiş uyğotmoqda. Dunyoga maşhur aktyor Mads Mikkelsen — Sheron Residence’ning rasmiy qiyofasiga aylandi. Bu Gollivud yulduzining Markaziy Osiyodagi developerlik loyihasining ambassadoriga aylangan ilk holatdir.
Loyihaning işga tuşirilişi doirasida Mads Mikkelsen şaxsan Toşkentga taşrif buyuradi va Sheron Residence’ning yopiq taqdimotida iştirok etadi. Uşbu tadbir mavsumning eng yorqin dunyoviy voqealaridan biriga aylanişi kutilmoqda.
Italiyaning afsonaviy Ricchi e Poveri guruhi hamda Rim papasi Fransisk tomonidan “fariştalarga xos ovoz sohibi” deya e’tirof etilgan opera xonandasi Karli Paoli öz çiqişlari bilan keça dasturiga alohida joziba bağişlaydi.

Sheron Residence — ötmiş va zamonaviylik yagona me’moriy hamda madaniy makonda birlaşgan “tarixiy meros hududi” sifatida yaratilmoqda. Loyiha nafaqat qulaylik, balki estetik gözallik, yuksak did va hudud qadr-qimmati mujassam bölgan yangi turmuş tarzini şakllantirişga qaratilgan.
Sheron Residence majmuasi Yangi Toşkent taraqqiyotining muhim nuqtalaridan biriga aylanişi, şuningdek nafaqat mahalliy, balki xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qilişi kutilmoqda.
Şourum: Şahrisabz tor köçasi, 2-uy
Telefon: +998 55 550 00 00











