Germaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Mattias Foller tabrik nutqi bilan sözga çiqdi. Şuningdek, Premium Auto kompaniyasi asosçisi Baxtiyor Hojiyev hamda TENET Group asosçisi Tuhfat Anvarxöjayev mehmonlarni qutladi. Ular hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, har ikki kompaniya uçun umumiy bölgan qadriyatlar - sifat, estetika va qulaylikka eʼtibor, şuningdek, mijozlar uçun noyob tajriba yaratişga intilişni taʼkidladilar.


Tadbir oçilişining asosiy voqealaridan biri pianinoçining jonli ijrosi böldi. Yangi BMW 7 Series avtomobillari TENET ramzi öyib işlangan Nikolayev ğiştlaridan yaratilgan installyatsiyalar qurşovida namoyiş etildi. Şişa qoplamalar ostida tagkursilarga joylaştirilgan avtomobillar tarixiy materiallar va zamonaviy avtomobil dizayni örtasida vizual uyğunlik yaratib, makonga muzey ekspozitsiyasi muhitini bağişladi.

TENET va Premium Auto hamkorligi premium toifadagi köçmas mulk va avtomobil dizaynini yagona muhitda birlaştirdi. Mehmonlar uçun bu yangi BMW modeli bilan yaqindan tanişiş, har ikki kompaniya vakillari bilan muloqot qiliş hamda TENET loyihalari haqida batafsil maʼlumot oliş uçun ajoyib imkoniyat böldi.

Keça jonli musiqa jörligidagi afterpati bilan davom etdi. Unda mehmonlar erkin muhitda taqdimot taassurotlarini muhokama qiliş va özaro muloqotni davom ettiriş imkoniga ega böldi.













