Özbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi farmon loyihasi işlab çiqildi.

Hujjat soha va hududlarni raqamlaştiriş jarayonida kiberxavfsizlikni ta’minlaş, byurokratik jarayonlarni optimallaştiriş hamda raqamlaştirişga oid topşiriqlar ijrosini nazorat qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan.

Loyihaga muvofiq, kiberxavfsizlikka oid topşiriqlar ijrosi böyiça nazorat va hisobdorlik Ijro.gov.uz tizimidagi alohida modul orqali taşkil etiladi.

Bunda kiberxavfsizlik sohasida ekspertiza ötkazişga mas’ul organ davlat organlari, taşkilotlari va davlat uluşi mavjud korxonalarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalarida aniqlangan zaiflik va kamçiliklar böyiça tegişli topşiriqlarni şakllantiradi.

Ekspertiza jarayonida aniqlangan kamçiliklar, berilgan körsatma va takliflar ham uşbu topşiriqlarga kiritilib, tizimli ravişda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.

Vazirlar Mahkamasi esa ularni Ijro.gov.uzʼning maxsus modulida nazoratga olib, mas’ul ijroçilarga yönaltiradi. Topşiriqlarning bajarilişi haftalik hisobotlar asosida monitoring qilinadi.

Kiberxavfsizlikka oid topşiriqlar faqat Raqamli texnologiyalar vazirligining ijobiy xulosasi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazoratdan yeçilişi közda tutilgan.

Şuningdek, raqamlaştirişga oid topşiriqlarni bajariş muddatini kiberxavfsizlik böyiça uç bosqiçli ekspertiza muddatlaridan kelib çiqib uzaytiriş imkoniyati belgilanmoqda. Bunday uzaytiriş Raqamli texnologiyalar vazirligi taklifi asosida Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi bilan kelişilgan holda, har bir bosqiç uçun faqat bir marta amalga oşirilişi mumkin.

Loyihada davlat organlari, davlat taşkilotlari va davlat uluşi mavjud korxonalarning davlat axborot tizimlari va resurslarini boşqa taşkilotlar hamda yuridik va jismoniy şaxslarning axborot tizimlari bilan töğridan töğri integratsiya qilişga oid çeklovlar ham aniqlaştirilmoqda.

Farmon ijrosi uçun Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari, adliya vaziri va raqamli texnologiyalar vaziri şaxsan mas’ul etib belgilanişi, umumiy nazorat va mas’ul taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş esa boş vazir zimmasiga yuklatilişi nazarda tutilgan.