Toşkent şahrida 419 ta umumiy ovqatlaniş şoxobçasi soliqdan qoçiş maqsadida öz nomidan (yuridik şaxs nomidan) emas, yakka tartibdagi tadbirkor nomidan mijozlarga çek berib kelmoqda. Bu haqda 21 aprel kungi oçiq muloqotda Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov ma’lum qildi.
“Hozirning özida Toşkent şahrida 419 ta umumiy ovqatlaniş joylari – yakka tartibdagi tadbirkorlar. Ular öziga yoki xodimiga YaTT oçib, kassa çeklarini öşa YaTTdan beryapti. Biz bularni körib, bilib turibmiz hammasini. Öz korxonasidan kirim-çiqim qilmayapti-da, çekini YaTTdan beryapti. QQS tölamaslik uçun biznesini bölyapti”, – dedi u.
Boş soliqçi tadbirkorlardan bunday amaliyotga çek qöyişni söradi.
“Şuning uçun sizlardan iltimos, bunaqa narsa qilmanglar. Buni körib, bilib turibmiz hamma joyda. Ertaga tekşiriş borsa, xafa bölasizlar. Iltimos, qonuniy işlanglar. Hozir oldingidek emas – heç kimda naqd pul muammosi yöq. Kassa çekini bermasa, tuşumni yaşiriş uçun biznesni bölyapti. Şu bilan birga, YaTT oçib olib uning nomidan çek berib ötiribdi”, – dedi Pölatov.
Uning qöşimça qilişiça, bunday holatlar aniqlangan sub’yektlarga nisbatan dastlab ogohlantiriş beriladi, ammo qonunbuzarlik davom etsa, jiddiy jarimalar qöllanadi:
“Birinçi ogohlantiriş beriladi, keyin agar eşitmasa, jarimasi katta böladi”, – dedi u.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov bunday amaliyotni qöllayotgan tadbirkorlar bilan alohida işlaşga tayyorligini bildirdi.
“419 taning röyxatini bizga bersangiz, özimiz bu yerga çaqirib, bunday qilmaslik kerakligini tuşuntiramiz. Masalan, Dehqonobodda röyxatdan ötgan tadbirkor Çorsuda ötirib savdo qilayotgan holatlar ham bor”, – dedi u.
Soliq qömitasi raisi örinbosari Jahongir Abdiyev ham ayrim tadbirkorlar öz daromadlarini yaşirişga urinayotganini qayd etdi. Uning sözlariga köra, bunday holatlar şu zalda ötirgan, oçiq muloqotda savol berayotgan tadbirkorlar orasida ham bor.
“Hozir mana şu joyda ham, kimligini aytib ötirmayman, savol bergan tadbirkorlarimizning özi ham 1,3 mln söm oylik hisoblab, bir kişini körsatib yurganlar bor-da içimizda. Hozir şuni oçib, körsatmoqçi ham bölişdi, lekin keyin bunday qilmaslik töğri böladi, degan qarorga kelişdi. Xullas, biz sizga (SSPga – tahr.) öşa tadbirkorlarning röyxatini taqdim etamiz”, – dedi Abdiyev.












