Qonunçilikka köra, mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatçilari uçun qator çeklovlar joriy etiladi. Xususan, uşbu kunlarda ularga xizmat avtotransport vositalaridan foydalaniş qat’iyan taqiqlanadi.
Şu bilan birga, agar belgilangan sanalar iş kunlariga töğri kelsa, haydovçilarning iş haqi saqlab qolinadi. Bu tartib xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlaşga qaratilgan.
Mutaxassislar fikriça, “avtomobilsiz kun” aksiyasi şaharlarda havo ifloslanişini kamaytiriş, jamoat transportidan foydalanişni rağbatlantiriş hamda aholi orasida ekologik madaniyatni oşirişga xizmat qiladi.
Ma’lum qilinişiça, bunday taşabbuslar dunyo amaliyotida keng qöllanib, yöl-transport yuklamasini qisqartiriş va atrof-muhitni muhofaza qilişda samarali vosita sifatida baholanadi.











