Qoğoz sarfi çeklanadi
2026 yil 1 maydan boşlab keyingi 5 yil davomida davlat taşkilotlarida qoğoz xarajatlari kamaytirib boriladi. Bu haqda hukumatning 2026 yil 18 martdagi tegişli qarorida belgilab qöyilgan.
Qarorga köra, 2026 yil 1 maydan respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida:
- kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuziş jarayonida qoğoz, siyoh, printer va nusxa köçiriş uskunalarini xarid qiliş xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalaştiriladi;
- printerlardan markazlaşgan holda umumiy foydalaniş tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanişdagi oçiq ofisda faoliyat yurituvçi har 20 nafar xodim uçun 1 dona printer ajratiladi;
- har oyda 1 marotaba «Qoğozsiz bir kun» ekoaksiyasi ötkaziladi.
2026 yil 1 iyunga qadar işlatilgan qoğozlarni yiğiş uçun maxsus çiqindi qutilari taşkil etiladi va ularni qayta işlaş korxonalariga yetkaziş tizimi yölga qöyiladi. Şuningdek, har bir tarkibiy bölinmadagi xodimlar soni, iş hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib çiqqan holda qoğoz sarfi uçun çeklov joriy qilinadi.
Bundan taşqari, 1 maydan har oyda bir marotaba «Qoğozsiz bir kun» ekoaksiyasi ötkaziladi. Uşbu kun davomida xodimlarning hujjatlarni töliq elektron şaklda yuritişi taşkil etiladi.
1 maydan idoraviy arxivlardagi hujjatlarni töliq raqamlaştiriş hamda ularni davlat arxiviga elektron şaklda topşirişni yölga qöyiş ham nazarda tutilgan.
Domofonsiz ruxsat yöq
2026 yil 1 maydan boşlab yangi quriladigan köp kvartirali uylar uçun ayrim talablar qöyilmoqda. Bu davlat rahbarining 2026 yil 5 fevraldagi tegişli qarorida qayd etilgan.
Hujjatga köra, 2026 yil 1 maydan yangi quriladigan köp kvartirali uylarning loyiha hujjatlarida har bir pod’yezdga, liftlarga va tutaş hududga kuzatuv kameralari, şuningdek, kiriş eşiklariga domofon komplekslari örnatiş nazarda tutiladi:
Bunda:
- uşbu obektlar loyiha hujjatlariga kiritilmaganda loyiha hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş taqiqlanadi;












