CAEx körgazmalar zalida “Silk Road Finance & Technology Forum - 2026” ötkazilmoqda. Unda 60 ga yaqin davlatdan banklar, tölov tizimlari, fintex kompaniyalari va texnologik biznes vakillari jamlangan. Forumda transçegaraviy tölovlardan tortib sunʼiy intellekt, tokenizatsiya va kiberxavfsizlikkaça bölgan masalalar körib çiqilyapti.
Tadbir doirasida Özbekistonda tölov xizmatlarining yangi şakllari namoyiş qilindi. Xususan, HUMO kompaniyasi tölov uzugini taqdim etdi. U orqali xarid uçun bank kartasi yoki smartfondan foydalanişga hojat yöq: uzukni kontaktsiz tölov terminaliga yaqinlaştirişning özi kifoya.
“Yaqinda uşbu mahsulotni bozorga çiqardik. Hozirda HUMÖning maxsus sahifasi orqali tölov uzugiga oldindan buyurtma beriş mumkin. Qisqa vaqt içida Toşkentda uzuklarni oliş imkoniyati mavjud maxsus nuqta ham işga tuşiriladi. Bu Özbekiston uçun yangi va noodatiy tölov usullaridan biri. Mazkur texnologiya hali köplab mamlakatlarda mavjud emas”, – deydi HUMO milliy tölov tizimi Boşqaruv raisi Aleksandr Sotnikov.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, bunday texnologiyalarning ommalaşuvi kelgusida plastik karta yoki smartfonga boğliqlik kamayib, taqiladigan qurilmalar orqali tölovlar uluşini oşirişi mumkin.

Forumning dastlabki kunida HUMO va Gorgona AI kompaniyasi örtasida tölov xizmatlarida sunʼiy intellektdan foydalaniş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi. Uning asosiy missiyalaridan biri “agent tölovlari” tizimini işlab çiqişdir.
Maʼlum qilinişiça, uşbu konsepsiya doirasida sunʼiy intellekt agentiga foydalanuvçi nomidan muayyan moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş uçun ruxsat beriladi.
“Mazkur yönalişdagi eng muhim masalalardan biri sunʼiy intellektga beriladigan vakolatlarni aniq belgilaş hisoblanadi. Foydalanuvçi agentga maʼlum topşiriqni yuklaydi, tizim esa ana şu doirada harakat qiladi. Şu sababli, tranzaksiyalar xavfsizligi, foydalanuvçi nazorati va belgilangan limitlarga rioya qiliş texnologiyani joriy etişdagi asosiy talablar böladi. Hozir biz uşbu mexanizmlarni işlab çiqiş va xavfsiz sinovdan ötkaziş ustida faoliyat yurityapmiz. Maqsadimiz tölov jarayonini foydalanuvçi uçun yanada sodda va qulay qilişdan iborat



















