Forumning asosiy muhokama yo‘nalishlari Markaziy Osiyo moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirish, transchegaraviy to‘lovlar, ochiq moliyaviy ekotizimlar, tokenizatsiya, to‘lov tizimlarining xalqaro muvofiqligi hamda moliya bozorining kelgusi transformatsiyasini belgilab beruvchi boshqa texnologiyalar turadi.

HUMO uchun ushbu forumda ishtirok etish - O‘zbekiston milliy to‘lov tizimini rivojlantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashish, xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va mintaqada raqamli moliya kelajagini shakllantirishga hissa qo‘shish imkoniyati.

HUMO forumning ishbilarmonlik dasturida

Forumning birinchi kunida HUMO boshqaruvi raisining maslahatchisi Aleksey Maslov, Visa, Dgpays, Nium, Parkin JSC rahbarlari va O‘zbekiston Markaziy banki vakillari bilan birgalikda “Ipak yo‘lida transchegaraviy savdo uchun ishonchli yo‘llar” (Trusted Rails for Cross-Border Commerce on the Silk Road) mavzusidagi xalqaro panel muhokamasida ishtirok etadi. Qatnashchilar transchegaraviy to‘lovlarni rivojlantirish, to‘lov infratuzilmasining o‘zaro mosligi, xavfsizlik va firibgarlikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qiladi.

Shuningdek, HUMO delegatsiyasi “Insights 2040” nomli yopiq ekspert davra suhbatlarida ham qatnashadi. Muhokamalarda asosan xalqaro to‘lovlar va hamkorlik, ekvayring va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish, tokenizatsiya hamda yangi texnologik yechimlar o‘rin olgan.

HUMO stendida yangi to‘lov usullari

Tadbirdagi ishtirokning alohida bir qismi HUMO stendiga bag‘ishlanadi. U yerda forumning uch kuni davomida to‘lov tizimining amaldagi loyihalari va yangi texnologik yechimlari namoyish etiladi.

Xususan, mehmonlar kontaktsiz to‘lovning yangi usulini amalda ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Unda to‘lovni amalga oshirish uchun oddiy bank kartasi yoki smartfondan foydalanish talab etilmaydi. Yechim forumda amaliy namoyish ko‘rinishida taqdim qilinadi.

HUMO uchun bunday texnologiyalarni rivojlantirish - to‘lov tajribasini yaratish bo‘yicha kengroq vazifaning bir qismi. Bunda texnologiya foydalanuvchi uchun deyarli bilinmaydi, to‘lov esa tezroq, osonroq va qulayroq amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, texnologik namoyish HUMO forumda taqdim etadigan yagona yangilik emas. “Silk Road Finance & Technology Forum” kunlarida HUMO milliy to‘lov tizimi transchegaraviy to‘lovlar sohasida yangi xalqaro loyihasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Tafsilotlar alohida oshkor qilinadi.

“Silk Road Finance & Technology Forum 2026” 24–26-avgust kunlari Toshkentdagi “CAEx Uzbekistan” majmuasida bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturi hamda boshqa ma’lumotlar bilan forumning rasmiy saytida tanishish mumkin: 👇

👉 https://www.silkroadfinancetechnologyforum.com/

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | LinkedIn