Avvalroq HUMO, Halyk Bank va Tenge Bank bilan birgalikda Qozog‘istondagi Halyk Bank terminallari orqali HUMO kartalari bilan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlagan edi. Buning natijasida HUMO karta egalari valyuta ayirboshlash yoki oldindan naqd pul yechib olish zaruratisiz xaridlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri karta bilan amalga oshirishlari mumkin. Xizmatdan Halyk Bank ekvayring tarmog‘iga ulangan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida foydalanish mumkin.
HUMOning Qozog‘istondagi faoliyatini yanada kengaytirish doirasida vizual navigatsiya tizimi joriy etildi. Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida HUMO kartalari egalariga HUMO kartalari bilan to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan nuqtalarni tezda topishga yordam beradigan firma axborot materiallari joylashtirila boshlandi. Shu bilan birga, HUMO kartalari bilan to‘lash imkoniyati Qozog‘istonning barcha viloyat va shaharlarida Halyk Bank ekvayring tarmog‘iga ulangan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida mavjud. Birinchi bosqichda brendlangan materiallar Turkiston viloyati, shuningdek, Chimkent va Taraz shaharlarida paydo bo‘ldi.
«Maqsadimiz – HUMO kartalaridan O‘zbekistondan tashqarida foydalanishni mamlakat ichidagi kabi oddiy va odatiy qilishdir. Halyk Bank bilan birgalikda biz kartalarni qabul qilish infratuzilmasini kengaytirmoqdamiz va foydalanuvchilar HUMO kartalari qabul qilinadigan savdo nuqtalarini tezda topishlari uchun tushunarli mijoz navigatsiyasini yaratmoqdamiz. Natijada sayohatlar yanada qulayroq bo‘ladi, to‘lov jarayoni esa maksimal darajada odatiy va qulay bo‘ladi», – deya ta’kidladi HUMO vakillari.
Qozog‘istonda HUMO infratuzilmasining kengayishi naqdsiz to‘lov doirasidan tashqariga chiqadi: HUMO kartalari endi Halyk Bankʼning butun bankomatlar tarmog‘ida ham qabul qilinadi. O‘zbekistonning istalgan banki tomonidan chiqarilgan HUMO kartalari egalari uchun bu sayohat paytida yagona va qulay to‘lov usullarini shakllantiradi: kundalik xaridlarni to‘lash, naqd pul yechib olish va Halyk Bank bankomatlarida karta balansini tekshirish uchun bitta karta yetarli. To‘lov terminallari va bankomatlarning imkoniyatlarini birlashtirish mijozlar yo‘lini imkon qadar sodda va odatiy qiladi hamda O‘zbekiston milliy to‘lov tizimidan mamlakatdan tashqarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Foydalanish qulayligi va yagona mijoz yo‘li – HUMO va Halyk Bank o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy tamoyilidir.
Xalqaro to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish bugungi kunda HUMOʼning asosiy masshtablash yo‘nalishlaridan biridir. Kompaniya izchil ravishda o‘z servislari faoliyat geografiyasini kengaytirmoqda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirib, HUMO kartalari sohiblari O‘zbekistondan tashqarida ham odatiy moliyaviy servislardan mamlakat ichidagidek qulay foydalana oladigan umumiy to‘lov ekotizimini yaratadi.
HUMO to‘g‘risida
HUMO - O‘zbekiston Respublikasining milliy to‘lov tizimi va mamlakat moliyaviy infratuzilmasining asosiy elementlaridan biri. Kompaniya naqdsiz to‘lovlarni rivojlantiradi, zamonaviy to‘lov texnologiyalarini joriy etadi, xalqaro hamkorlikni kengaytiradi va yangi to‘lov usullarini, jumladan, QR-to‘lovlar va transchegaraviy servislarni yaratib, raqamli iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi.











