Maşina sentabr oxirida Siçuan provinsiyasining maʼmuriy markazi - Çendu şahrida işlab çiqariş liniyasidan çiqarilgan. Uning umumiy uzunligi 220 metr, qaziş diametri esa 13,01 metrni taşkil etadi.
Yuexi’ni Shudao Investment Group infratuzilma kompaniyasi va tunnel qaziş texnikalari işlab çiqaruvçi China Railway Engineering Equipment Group birgalikda yaratgan. Rekord barça tunnel qaziş maşinalariga emas, aynan ikki qalqonli komplekslar toifasiga tegişli.
Bunday maşinalar aylanuvçi kesiş diski yordamida toğ jinslarini maydalab, tunnel oçadi. Ikki qalqonli konstruksiya turli geologik şaroitlarda, jumladan, mustahkam va darz ketgan jinslarda işlaşga moslaşgan.
Yuexi’ning old qismida har birining diametri qariyb 48 santimetr bölgan 83 ta diskli keskiç örnatilgan. Ular toğ jinslarini maydalaydi, gidravlik tizim esa maşinani oldinga suradi.
Kompleks bir vaqtning özida bir neçta vazifani bajara oladi: jinslarni qaziydi, tunnel devorlariga yiğma temir-beton qismlarni örnatadi, atrofdagi jinslarni mustahkamlaydi va qazilgan materialni taşqariga çiqaradi.
Maşina burğilaş va geologik razvedka tizimlari bilan ham jihozlangan. Ular oldindagi jinslar holatini kompleks öşa nuqtaga yetib bormasidan avval baholaş imkonini beradi. Avtomatik lazerli yönaltiriş tizimi esa qaziş yönalişini yuqori aniqlikda saqlaşga xizmat qiladi.
Yuexi Siçuan provinsiyasidagi Szinkouxe - Siçan tezyurar avtomobil yölining Yuesi tunneli qurilişida işlatiladi. U oyiga 380 metrdan ortiq masofani qazib ötişi mumkinligi bildirilmoqda.
Uşbu usul faqat burğilaş va portlatişga asoslangan anʼanaviy qurilişga nisbatan uç–beş barobar samarali bölişi kutilmoqda.
Loyiha Xitoyda yirik diametrli ikki qalqonli maşinaning avtomobil tunneli asosiy qismini qazişda ilk bor qöllanişi böladi. Ilgari bunday komplekslar köproq temiryöl va metro tunnellari qurilişida işlatilgan.

















