Kanadada Kokitlam şahrini Woodfibre LNG eksport terminali bilan boğlaydigan Eagle Mountain - Woodfibre (EGP) gaz quvuri qurilişi davom etmoqda.

Mutaxassislar loyihaning muhim bosqiçini yakunlab, Monmut toği va Skomiş daryosi estuariyi - daryoning dengizga quyiliş hududi ostidan ötgan 9 kilometrlik tunnelning ikki qismini tutaştirdi.

Tunnel ikki xil geologik muhitda qazildi. Monmut toği ostida qattiq toğ jinslari, estuariy ostida esa yumşoq grunt mavjud edi.

Ikki qismni ajratib turgan sönggi qatlam tunnel qaziş kompleksi yordamida qisqa vaqt içida oçildi. Biroq mutaxassislar uşbu bosqiçga yetib keliş uçun bir neça yil tayyorgarlik körgan.

Quriliş ekologik jihatdan sezgir hududga taʼsir qilişi mumkin edi. Şu sababli EGP loyihasi jamoasi işlarni boşlaşdan oldin ularni Skomiş tub aholisi vakillari bilan kelişgan.

Britaniya Kolumbiyasi janubiy sohilida joylaşgan Skwelwilʼem qöriqlanadigan estuariy hududi köplab ösimliklar, baliqlar va yovvoyi hayvonlarning yaşaş muhiti hisoblanadi. Uşbu hudud Skomiş xalqi uçun ham muhim ahamiyatga ega.

Estuariy yuzasiga zarar yetkazmaslik uçun tunnelni oçiq tranşeya qazimasdan, uning ostidan ötkazişga qaror qilingan. Bu mavjud gaz tizimini kengaytiriş bilan birga tabiiy hududni saqlab qoliş imkonini bergan.

Loyihani texnik jihatdan amalga oşiriş uçun ikkita turli tunnel qaziş tizimi işlab çiqildi. Ulardan biri estuariy ostidagi yumşoq gruntda, ikkinçisi Monmut toği ostidagi qattiq jinslarda işladi.

Tunnel qurilişi EGP loyihasining eng murakkab qismlaridan biri hisoblangan.

Endi mutaxassislar tunnel qaziş kompleksini olib çiqişi va inşootni gaz quvurlarini örnatişga tayyorlaşi kerak.