61-Venetsiya biyennalesida Özbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni oçildi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

“Zamonaviy jahon san’atining eng nufuzli minbarlaridan biri bölgan Venetsiya biyennalesi joriy yilda “In Minor Keys” (“Minor ohanglarda”) şiori ostida ötkazilmoqda. Mavzu biz yaşayotgan davr uçun juda aniq tanlangan, unda dunyoni anglaş borasidagi nozik va murakkab qaraşlar mujassam.


61-Venetsiya biyennalesida Özbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni oçiliş marosimida nutq sözladim. Bu men uçun öta ahamiyatli çiqiş böldi. Loyiha Orol dengizi mavzusiga bağişlangan, biroq bunda u faqatgina ekologik fojia timsolida talqin qilinmagan. Uşbu ekspozitsiyada Orol bizning xotiralarimiz, afsona va rivoyatlarimiz hamda ijodiy izlanişlar makoni sifatida namoyon bölgan”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva öz Telegram kanalida.

Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston paviloni biyennale iştirokçilari va mehmonlarining katta qiziqişiga sazovor bölib, madaniyatimiz bilan yaqindan tanişiş va mintaqamizga sayohat qiliş istagini uyğotdi.