Amerikaning Frontier Airlines aviakompaniyasi Airbus A321 rusumli samolyoti Kolorado ştatidagi Denver şahri xalqaro aeroporti uçiş-qöniş yölagida bir odamni urib ketdi. Uşbu noma’lum şaxs voqea joyida halok bölgan.

Töqnaşuv oqibatida dvigatellardan birida yonğin çiqqan, şundan keyin samolyot töxtagan va yölovçilarni havo töldirilgan traplar orqali evakuatsiya qiliş boşlangan.

«Biz hozirgina kimnidir urib yubordik. Dvigatelda yonğin çiqdi», – deya xabar bergan uçuvçi aeroport dispetçeriga.

Yölovçilardan biri tomonidan e’lon qilingan videoyozuvda samolyot salonida tutun çiqqani aks etgan: öt öçiruvçilar alanga öçoğini bartaraf etişgan, bortda bölgan 224 yölovçi va ekipajning yetti nafar a’zosidan heç kim jiddiy jarohat olmagan.

«Biz röy bergan hodisadan çuqur qayğudamiz», – deya bayonot bergan aviakompaniya. Ma’lum bölişiça, 12 kişida yengil jarohatlar qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, röyxat raqami N646FR bölgan A321neo rusumli samolyot Los-Anjyeles xalqaro aeroportiga uçişi kerak edi.

17L raqamli yölakdan parvoz mahalliy vaqt bilan soat 22:39 ga rejalaştirilgandi. Aviakompaniya xabariga köra, noma’lum şaxs soat 23:13 da, hodisa röy berişidan ikki daqiqa oldin aeroport tösiğidan oşib ötgan.

E’lon qilgan audioyozuvlarga köra, bundan oldin dispetçer Frontier uçuvçisiga parvozga ruxsat bergan va xayrli tun tilagandi.

Qisqa tanaffusdan keyin havo kemasi komandiri yana boşqaruv minorasiga aloqaga çiqadi va samolyot odam bilan töqnaşib ketganini xabar qiladi.

«Biz uçiş yölagida töxtaymiz. Bir kişi yölakni kesib ötdi», – degan u.

«Keça tunda qoidabuzar Denver xalqaro aeroporti hududiga kirib, ataylab tösiqdan oşib ötgan va uçiş-qöniş yölagiga yugurib çiqqan», – deya ma’lum qildi AQŞ transport vaziri Şon Daffi.

«Heç kim HeÇ QAÇON aeroport hududiga bostirib kirmasligi kerak», – deya qöşimça qilgan u.

Daffi samolyot töqnaşuv vaqtida katta tezlikda harakatlanganini qayd etgan. A320 oilasiga mansub laynerlar parvozga çiqayotganida soatiga 250 km tezlikda harakatlanadi.

Yölovçilar evakuatsiyadan söng terminalga qaytarilgan, ular aviakompaniyaning boşqa reysida manzillariga jönab ketgan. Federal aviatsiya ma’muriyati va Milliy transport xavfsizligi kengaşi suriştiruv işlarini olib bormoqda.