Bugun qurilish bozorlari va savdo markazlarida yoritish mahsulotlari tanlovi keng: chiroq, rozetka, kabel va boshqa elektr jihozlari turli narx hamda sifat segmentida sotilmoqda. Biroq arzon mahsulotlar fonida barqarorlik, xavfsizlik masalasi ko‘pincha ikkinchi planda qolmoqda. Ayrim hollarda esa sifatsiz elektrotexnika jihozlari elektr tarmoqlarida nosozliklar, hatto yong‘inlarga ham sabab bo‘layotgani kuzatiladi. Xo‘sh, aslida yoritish mahsulotlarini to‘g‘ri tanlashda qaysi jihat ko‘proq muhim? Kun.uz muxbiri ayni shu mavzuda Tekled kompaniyasi direktori Murotjon Jo‘rayev bilan suhbatlashdi.
Tekled kompaniyasi bugun O‘zbekistonda yoritish va elektrotexnika mahsulotlarining keng assortimentlarini taklif qiluvchi brendlardan biri sifatida tilga olinadi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, tashkilotning asosiy ustunligi faqat mahsulot emas, 25 yillik tajriba va global hamkorlik zanjiridir.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya ilgari Osram, Philips, General Electric kabi yirik brendlar bilan ishlagan, shuningdek, Viko by Panasonic’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan. Bugungi kunda esa barcha yo‘nalishlar Tekled va Tekled Electric brendlari ostida birlashtirilgan.
“Asosiy tamoyilimiz o‘zgarmagan: sifat, katta hajmda mavjud mahsulot va narxlardagi muvozanat. Keng assortiment deganda mijoz bitta joyga kirib, oddiy lampochkadan tortib murakkab sanoat yoritgichlari, dekorativ lyustralardan tashqi fasad yoritish tizimlarigacha bo‘lgan barcha kerakli mahsulotlarni topa olishini nazarda tutamiz. Odam turli bozorlarni aylanib vaqt yo‘qotmasligi, bitta joyning o‘zida yechimga ega bo‘lishi biz uchun juda muhim.
Katta hajmda mahsulot mavjudligi ham shunchaki raqam emas. Bu real ehtiyoj. Bizda ko‘p tovarlar omborda tayyor turadi. Ushbu imkoniyat mijozga kutishsiz, tez va aniq yechim beradi. Ayniqsa, qurilishdagi yirik loyihalarda mazkur jihat katta ahamiyatga ega, negaki vaqt yo‘qotish pul yo‘qotish bilan tengdir”, – deydi brend asoschisi Murodjon Jo‘rayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yoritish mahsulotlarini tanlashda iste’molchi birinchi navbatda narxga emas, quyidagi to‘rtta omilga e’tibor berishi kerak: energiya tejamkorligi, sifat, dizayn va hamyonboplik.
“Eng muhim narsa – tejamkorlik. Chunki bu elektr xarajatiga bevosita ta’sir qiladi. Keyin sifat turadi. Dizayn va narx esa oxirgi omillardir”, – deydi u.













