Şarqiy Qozoğiston viloyati hokimiyati davlat xizmatçilariga ijtimoiy tarmoqlarda qimmatbaho xaridlar va haşamatli buyumlarni namoyiş qilmaslikni tavsiya etdi. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy saytida xabar berildi.

«Davlat xizmatçilari şuni inobatga olişi kerakki, xarid qiliş uçun aniq qonuniy manba mavjud bölmagan taqdirda qimmatbaho buyumlar, haşamatli narsalar, dam oliş va boşqa moddiy neʼmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda namoyiş etiş fuqarolarda asosli savollar tuğdirişi hamda davlat xizmatçisining obrösiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin», - deyiladi hokimlik xabarida.

Şuningdek, davlat xizmatçilariga, agar davlat xizmati va korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonunçilik talablariga zid kelsa, ijtimoiy tarmoqlardan tovar, xizmat yoki tijoriy faoliyatni reklama qiliş va tarğib etiş uçun foydalanmaslik tavsiya qilindi.

Bundan taşqari, mansab mavqeyi, davlat ramzlari yoki davlat idorasi resurslaridan şaxsiy manfaatlarda foydalaniş sifatida talqin qilinişi mumkin bölgan postlardan tiyiliş lozimligi taʼkidlandi.