Platforma orqali biznes vakillari elektron raqamli imzo (ERI) kaliti yordamida bir neça daqiqada röyxatdan ötadi, mahsulotlarini bepul joylaştiradi va avtomatlaştirilgan moderatsiyadan savdoga çiqadi. Mutaxassislarga köra, portalning asosiy vazifasi xarid jarayonlarini tezlaştiriş va mahalliy işlab çiqaruvçilar uluşini oşirişdan iborat.

Davlat xaridlarida qoğozbozlik, uzoq navbat va inson omiliga boğliq jarayonlar tadbirkorlar uçun yillar davomida eng katta muammolardan biri bölib kelgan. Endi esa uşbu tizimlarni raqamlaştiriş orqali savdo jarayonlarini soddalaştiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş va xaridlarni yanada şaffoflaştiriş maqsadida elektron kooperatsiya portali faoliyati kengaymoqda.

Portal vakillariga köra, bugungi kunda tizimda 90 mingdan ortiq taşkilot röyxatdan ötgan bölib, ular davlat va korporativ xaridlarda onlayn iştirok etyapti.

“Elektron kooperatsiya portali faoliyati, avvalo, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş maqsadida yölga qöyilgan. Tadbirkorlar platformada elektron raqamli imzo – ERI orqali bir neça daqiqada röyxatdan ötişi mumkin. Tizim soliq qömitasi va boşqa taşkilotlar bilan integratsiyalaşgani sababli INN, bank rekvizitlari va korxona ma’lumotlari avtomatik şakllanadi”, – deydi portal direktori örinbosari Amirillo Abdusalomov.

Ta’kidlanişiça, platformaga tadbirkor öz mahsulotini joylaştirişi uçun qöşimça hujjat töldirişi şart emas. Mahsulotlar sertifikat va davlat standarti hujjatlari asosida tizimga yuklanadi hamda moderatsiyadan ötkaziladi.

“Platformada “standart oferta” mexanizmi joriy qilingan bölib, u orqali mahsulotlar inson omilisiz avtomatik tarzda aktiv holatga tuşadi. Bu esa notöğri ma’lumot kiritiş, vaqt yöqotiş va ortiqça byurokratiyaning oldini oladi”, – deydi mas’ul.

Hozir portalga kuniga mingdan ortiq oferta va lotlar kelib tuşadi. Jarayonlarni tartibga soliş uçun elektron navbat tizimi yölga qöyilgan. Har bir tadbirkor öz arizasining qaysi örinda turganini şaxsiy kabinet orqali kuzatib borişi mumkin.

Moderatsiya jarayonlari, odatda, bir iş kuni içida yakunlanadi. Agar hujjatlarda xato yoki kamçilik bölsa, tizim orqali tadbirkorga izoh va tavsiyalar yuboriladi.

“Portal tarkibida bir neçta modullar faoliyat yuritmoqda. Bular orasida elektron katalog, elektron dökon, auksion va taklif sörovi modullari mavjud. Şuningdek, yaqin kunlarda tender hamda tanlov modullarini ham işga tuşiriş rejalaştirilyapti. Hozir ular test rejimida sinovdan ötkazilmoqda”, – deydi Amirillo Abdusalomov.

Davlat xaridlari va yirik şartnomalar bilan boğliq jarayonlarda eng muhim masalalardan biri – mablağlar xavfsizligi. Tizimda kliring mexanizmi joriy qilingan bölib, barça tranzaksiyalar bank integratsiyasi asosida amalga oşiriladi. Tadbirkorlar har bir tölov, hisob-kitob holatini şaxsiy kabinet orqali real vaqt rejimida kuzatib boradi.

“Tizim kiberxavfsizlikning bir neça bosqiçli tekşiruvlaridan ötgan. Serverlar, tarmoqlararo himoya devori (fayrvollar) va boşqa himoya vositalari orqali platforma kiberxujumlardan himoyalangan. Jarayonlarni DevOps mutaxassislari va tizim administratorlari doimiy monitoring qilib boradi”, – deydi kliring bölimi rahbari Xurşid Eşonqulov.

Markazda 70 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Koll-markaz operatorlari tadbirkorlardan kelib tuşayotgan murojaatlarni qabul qilib, zarur bölsa moderatsiya, kliring yoki texnik bölimlarga yönaltiradi.

Portalda röyxatdan ötiş, savdo qiliş, şartnoma holatini tekşiriş yoki texnik muammolar böyiça tadbirkorlarga telefon va Telegram aloqa xizmatlari orqali yordam körsatiladi.

Savdo jarayonlari duşanba–juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gaça amalga oşiriladi. Bayram va dam oliş kunlari esa savdolar ötkazilmaydi.

Portalning işonç telefoni: 71 203-25-55.

Reklama huquqi asosida