Samarqand tumanidagi Oqböyra turizm qişloğida 15 aprel kuni sodir bölgan portlaşdan keyin aholi özini uylarida emas, göyo front çiziğida yaşayotgandek his qilmoqda. Fuqarolarning sözlariga köra, portlaş oqibatida uy tomlariga toşlar kelib tuşgan, devorlarda yoriqlar paydo bölgan. Ayrimlar bolalari qörqib ketganini aytsa, yana bir fuqaro kattagina toş tunuka tomni yorib kirganini ma’lum qildi.
Turizm qişloği maqomi berilgan hududda yuz bergan bu holat xavfsizlik, ekologiya va nazorat masalalari böyiça qator savollarni kun tartibiga olib çiqmoqda.
Kun.uz Samarqand tumanida bölib, voqea tafsilotlarini örgandi.


Parviz Sa’dullayev portlaş oldidan taşkilot vakillari oldiga borib, izoh söraganini aytmoqda. Mas’ullar aholiga katta portlaş bölmaydi, sizlarga heç qanday zarar yetmaydi, degan fikrni bildirgan.


Ammo portlaşdan keyin, köplab hovli devorilarida yoriqlar paydo bölgan. Eşik-derazalar, oynalar zararlangan.
Davron Qöysinovning aytişiça, portlaş vaqtida katta toş parçasi uyining tunuka tomini yorib kirgan. Hozir tunuka almaştirilgan. Ammo toş ham, zarar izlari ham hanuz saqlanib turibdi.


Uy egasi agar öşa vaqtda xonadonda odam bölganida, vaziyat ayançli yakun topişi mumkinligini bildirdi.
Portlaş joyidan ikki köça narida yaşovçi Saodat Elmurodova ham öşa kungi vaziyatni haligaça qörquv bilan eslaydi.

Uning aytişiça, qattiq zarba ovozidan keyin nogiron turmuş örtoği sarosimaga tuşib qolgan. Ayol esa farzandlarining ahvolidan xavotir olib, portlaş hududiga yaqinroqda yaşaydigan öğlining uyiga yugurgan. U yetib borganida kelini qattiq şok holatiga tuşib qolgani, hovli esa quyuq çang bilan qoplanganiga guvoh bölgan. Kelini beşikdagi bolasini olişga ham ulgurmagan.














