Germaniyada harbiy tayyorgarlikdan ötayotgan ukrainalik harbiy xizmatçilar orasida qismni özboşimçalik bilan tark etiş holatlari qayd etilmoqda. Die Zeit naşri ma’lumotiga köra, 2022-yildan beri mamlakat böyiça bir neça yuz şunday holat aniqlangan.

Xususan, Germaniyaning Saksoniya-Anhalt federal yerida 2022-yildan buyon jangovar tayyorgarlik kurslariga kelgan 80 dan ortiq ukrainalik harbiy maşğulotlarni özboşimçalik bilan tark etgan.

Naşrning qayd etişiça, Ukraina qonunçiligi bunday harakatni dezertirlik sifatida baholaydi. Şu sababli Ukrainaga qaytgan taqdirda bunday harbiy xizmatçilar 12 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Die Zeit materialida Germaniyaga harbiy tayyorgarlik uçun yuborilganlarning bir qismi Ukraina Qurolli kuçlari safiga majburiy tarzda jalb qilingani ham ta’kidlangan. Ayrim harbiylar Saksoniya-Anhaltdagi Altengrabov poligonida maşğulot ötaşi uçun yuborilganidan keyin xizmat joyini taşlab ketgan.

Şu bilan birga, Germaniyaga qoçqin sifatida kelayotgan ukrainalik fuqarolardan farqli ravişda, harbiy xizmatçilarga vaqtinçalik himoya töğrisidagi qoidalar tatbiq etilmaydi.

Ma’lumotlarga köra, Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlangan 2022-yil fevral oyidan beri Germaniyada qariyb 29 ming nafar ukrainalik askar va ofitser jangovar tayyorgarlik kurslaridan ötgan. Bunday kurslar odatda bir neça hafta davom etadi.

Naşr yozişiça, dastlab Germaniya poligonlariga asosan yuqori motivatsiyaga va muayyan jangovar tajribaga ega ukrainalik harbiylar yuborilgan. Keyingi vaqtlarda esa Ukraina armiyasi safiga jangovar tajribasi bölmagan va uruşda qatnaşiş istagi past bölgan kişilar ham tobora köproq jalb qilinayotgani aytilmoqda.

Die Zeit Germaniyada qayd etilgan dezertirlik holatlarini ham şu omillar bilan boğlamoqda. Ayni paytda keltirilgan ma’lumotlar Ukraina yoki Germaniya rasmiy idoralarining umummilliy statistikasi emas, balki naşr tarqatgan ma’lumotlarga asoslangan.