Bugun yana Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş haqida gaplaşamiz. Kuni keça prezident Zelenskiy harbiy xizmatçilar maoşini tölaşda Yevropa liderlaridan yordam söraşini aytdi. Uruş sabab ötgan yil mamlakat YaIMda 20 foiz defitsit kuzatilgandi, şu bois Kiyevda harbiylar maoşini kötariş uçun pul yöq. Şu örinda savol paydo böladi: Rossiya va Ukraina nega davlatini himoya qilişi majburiy bölgan erkaklarga pul tölaşi kerak özi? Töğri, bu yangilik emas, Ikkinçi jahon uruşi vaqtida ham askarlar pul olgan, lekin orada jiddiy farq bor. Keling, şu xabar atrofida 80 yil avvalgi va hozirgi uruşni taqqoslaymiz.

Şartnoma uçun 70 ming $

2022 yil uruş boşlanganida köpçilik bu uruş Rossiyaning juda oson ğalabasi bilan tugaşini taxmin qilgandi. Çindan Rossiya harbiy jihatdan Ukrainadan ming çandon kuçli-da. Rossiya telekanallarida «ukrainlar rus tankini gullar va tuz bilan qarşi olişi» haqida gapira boşlaşdi. Lekin bunday bölmadi. Ukrainada qöşnilarini tuz bilan emas, qurol bilan, quroli yöqlar «Molotov kokteyli» bilan qarşi oldi.

Qurol işlatişni biladigan barça erkakka avtomat berişdi. Juftakni rostlaganlar ham böldi, lekin umuman olganda, Ukraina dastlabki kunlarda jiddiy qarşilik körsatdi. Uruşni yutqazmaslik uçun dastlabki hujum tölqinini qaytariş muhim. Xuddi futboldagiday, kuçli raqibning dastlabki daqiqalardagi bosimiga doş bersang, qolgani bir gap böladi.

Ukraina ruslar uçun kutilmaganda bunaqa qarşilik qilişi bir narsadan nişona edi – uruş çöziladi. Ha, bu Rossiya propagandasi bong urganiday «Osvoboditelnaya operatsiya Kiyev za tri dnya» bölmadi. Va uruş çözilişini tuşunib yetgan ruslar 2022 yil kuzga borib yana bir haqiqatni anglab yetişdi: Rossiya doimiy armiyasi bilan uruşga doş berolmaydi. Şu sabab safarbarlik e’lon qilindi. Qoğozga köra zaxiradagi 300 ming uruşga jalb qilindi.

Lekin bu ham yetarli emasdi. Şunda Rossiya regionlarida harbiy xizmatga yollaş böyiça çinakam poyga boşlanib ketdi. Bir neça yuz king rubldan boşlangan bir martalik tölov milliongaça çiqdi. Hozir Rossiya armiyasi safida jang qiliş uçun şartnoma imzolagan odam öşa zahoti 5,5 million rubl olişi mumkin. Bu 70 ming dollar degani, azizlar. Maoş ham zör, oddiy askarlar 200, 300 ming rubl oylik olişi mumkin. Oyiga 3-4 ming dollar Rossiya şaoitida ham yaxşi pul. Va bir narsani unutmaslik kerak, şartnoma uçun 70 ming dollar olganlar tabiiyki qor kuraş yoki çoy damlaş uçun yuborilmaydi. Bunday odamlar ba’zan hatto tayyorgarliksiz frontga boradi.

Ukraina tabiiyki harbiylar maoşi borasida Rossiyaga yaqinlaşa olmaydi. Kiyev oddiy askarlarga oyiga 400 dollar atrofida maoş tölaydi. Xavfli şturmlarda iştirok etadigan, hayoti çinakam xavf ostida bölgan jangçilargina 2 ming dollar atrofida oylikka umid qilişi mumkin.