2023 yilda Özbekistonda nikotin mahsulotlariga nisbatan qat’iy çeklovlar joriy etilgandi. Biroq mutaxassislar bugun bu siyosat kutilgan natijani bermagani, aksinça veyp va elektron sigaretalar savdosini yaşirin bozorga burib yuborganini aytmoqda. Toşkentda ötgan davra suhbatida noqonuniy aylanma va kontrabanda ortib borayotgan bir paytda nikotin alternativalarini nazorat ostida legallaştiriş masalasi körib çiqildi. Ta’kidlanişiça, mazkur tizim mahsulot sifati, tarkibi va savdo zanjiri ustidan davlat nazoratini kuçaytirişga imkon beradi.
2023 yilda Özbekistonda nikotin mahsulotlariga nisbatan çeklovlar kuçaytirilgandi. Xususan, öşa yilning 24 mayida “Alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qiliş va tarqatişni çeklaş töğrisida”gi qonun qabul qilinib, u orqali tamaki va nikotin mahsulotlari muomalasi, savdosi hamda iste’moli böyiça yangi tartiblar joriy etilgandi.

Bu qaror yoşlar orasida veyp va elektron sigaretalar ommalaşib borayotgani fonida qabul qilingan bölib, rasmiylar uni aholi salomatligini himoyalaş zarurati bilan izohlagan edi. Biroq oradan vaqt ötib, boşqa bir tezis kun tartibiga çiqmoqda: taqiq bozorni yöq qilgani yöq, aksinça uni yaşirin iqtisodiyot –“soya” segmentiga surib qöygan, ya’ni norasmiy aylanmani kuçaytirgan.

Poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bölib ötgan “Nikotin alternativalarini tartibga solişning dolzarbligi” mavzusidagi davra suhbatida aynan şu masala muhokama qilindi. Tadbirda davlat idoralari mas’ullari, ekspertlar, jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillari iştirok etib, elektron sigaretalar, veyp hamda boşqa nikotin mahsulotlariga nisbatan olib borilgan taqiq siyosati tahlil qilindi.

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantiriş markazi direktori Saida Sulaymonovaning takidlaşiça, 2023 yildagi taqiq kutilgan natijani bermagan va aksinça yaşirin iqtisodiyot uçun yangi kanallarni yuzaga çiqargan. Tadbirdan asosiy maqsad “soya”dagi bozorni oçiqlaş, jarayonni nazorat ostiga oliş va bu borada jurnalistlar faolligini oşirişdan iborat.
“Qat’iy çeklovlarga qaramay, bozor töliq yöqolmagan. Aksinça, mahsulotlar Telegram kanallari, yopiq onlayn savdo va noqonuniy import yöllari orqali tarqalib, nazoratdan taşqari aylanma şakllangan. Bu esa sertifikatlanmagan mahsulotlar va kontrabanda hajmining ortişiga olib kelyapti”, – deydi u.









