Toşkent şahrida amaliyotçi talaba qizlarga şahvoniy şilqimlik qilgan şifokor ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.

Sud hujjatiga köra, 33 yoşli S.S. poytaxtdagi xususiy şifoxonalardan birida urolog bölib işlaydi. 2026 yil 26 mart kuni u şifoxonaga amaliy maşğulot ötaş uçun kelgan talaba qizga öz xizmat xonasida jinsiy aloqa qilişni taklif qilgan.

S.S. 2026 yil 28 aprel kuni şifoxonada boşqa bir talaba qizga şilqimlik qilgan: yaxşi körib qolganini, unga uylanmoqçi ekanini aytib, amaliyotga kelmagan kunlariga ijobiy baho qöyib berişini bildirgan.

Şifokor sudda aybga qisman iqror bölgan. U birinçi talabaga şilqimlik qilmaganini, ikkinçi qizni esa yaxşi körib qolganini aytgan. 

Talaba qizlar şifokor ularga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilganini bildirib, S.S.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan. Qizlardan biri şifokor bilan özaro suhbat jarayonini diktofonga yozib olganini ham ma’lum qilgan.

JIB Olmazor tuman sudining 2026 yil 1 iyundagi qarori bilan S.S.  MJtKning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Yuqori Çirçiqda öquvçi qizga şilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamalgandi.